Grizmann Trezegedan o'tib ketdi. Platiniga etib olish uchun 6 ta gol qoldi
01 apr 2021 08:27
Yangiliklar
Grizmann Trezegedan o'tib ketdi. Platiniga etib olish uchun 6 ta gol qoldi
Franciya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida safarda Bosniyani 1:0 hisobida mag'lub etdi.
O'yinda yagona golda Antuan Grizmann mualliflik qildi.
Bu "Barselona"ning 30 yoshli futbolchisi uchun Franciya terma jamoa safidagi 89-o'yin va 35-gol bo'ldi.
Grizmann bu borada David Trezegeni (34 gol) ortda qoldirdi va Franciya terma jamoasining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida to'rtinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Ungacha ro'yxatda Platini (72 ta o'yinda 41 ta gol), Jiru (106 ta o'yinda 44 ta gol) va Anri (123 ta o'yinda 51 ta gol) kabi futbolchilar bor.
Fikrlar