Grizmann La Ligada Messining rekordini yangiladi
30 mar 00:48
Yangiliklar


Grizmann La Ligada Messining rekordini yangiladi
29 mart, shanba kuni "Atletiko" "Espanol"ga qarshi bahs olib bordi.
O'yinda g'olib aniqlanmadi. Bahs 1:1 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvda "matraschilar" forvardi Antuan Grizmann to'liq harakat qildi.
34 yoshli Grizmann uchun bu o'yin La Liga doirasidagi 521-o'yin bo'ldi. Shu tariqa, Antuan La Ligada legionerlar orasida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylandi va Lionel Messining rekordini (520) yangiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar