Grizmann: "Biz - 23 nafar jangchilarmiz"
14 iyu 2018 01:00
Yangiliklar
Grizmann: "Biz - 23 nafar jangchilarmiz"
Franciya termasi forvardi Antuan Grizmann JCH-2018ning finali oldidan jamoadoshlarining kayfiyati haqida gapirdi.
"Bizning asosiy kuchimiz - kayfiyatda. Biz bir-birimiz uchun dushmanni o'ldirishga tayyor 23 nafar jangchimiz. Soatlab vaqtni birga o'tkazamiz, biz bir oilaga aylanib bo'ldik. Gollarni nishonlashimizni ko'rayotgan bo'lsangiz kerak. Jamoadagi barcha bunga etib bormoqda.
Maydondagilar, uning tashqarisidagilar biz bilan birga quvonmoqda. Bizda haqiqiy oila atmosferasi hukmron. Bu mundial boshlanmasidan oldin boshlangandi, sovrin qo'lga kiritganimizdan keyin yakunlanadi.
Agarda finalda g'olib bo'lsam nima qilaman? "Fortnite" o'ynayman. O'zimni osmonlarda emasdek his qilishim kerak. Koncentraciyani ushlab, bahsga jiddiy tayyorlanish kerak", - dedi Grizmann.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar