Grizmann: "Barselona" Messisiz ham "Real"ni mag'lub etishi mumkin"
27 okt 2018 22:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/460022_original.jpg)
![](/upload/storage/460022_220.jpg)
Grizmann: "Barselona" Messisiz ham "Real"ni mag'lub etishi mumkin"
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "Barselona" hamda "Real" o'rtasida o'tkaziladigan LaLiganing 10-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Bu o'yin ham avvalgi "klassiko"lar kabi qiziq bo'ladi. Afsuski Messi "Barselona"ga yordam bera olmaydi, biroq ular Leosiz ham g'alaba qozonishlari mumkin, chunki Kataloniya klubi safida kuchli futbolchilar etarlicha. "Real" oldinga borishga majbur, sababi ularga g'alaba kerak. SHunday ekan, o'yin tomoshabop bo'lishi aniq" - deydi Grizmann.
"Barselona" - "Real" uchrashuvi 28 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:15da boshlanadi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar