Grizmann "Atletiko" to'purarlari ro'yxatida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi
24 okt 2022 00:42
Yangiliklar


Grizmann "Atletiko" to'purarlari ro'yxatida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi
Hujumchi Antuan Grizmann "Atletiko Madrid" safida urgan gollar soni bo'yicha uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Franciyalik futbolchi Ispaniya chempionatining 11-turidan o'rin olgan “Real Betis”ga qarshi o'yinda (2:1) dubl qayd etdi.
SHu tariqa, 31 yoshli hujumchining madridliklar safidagi gollari 147 taga etdi va u Pako Kamposni ortda qoldirdi. Antuandan faqatgina Adrian Eskudero (169) va Luis Aragones (172) ko'proq to'p kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar