Grilish bir kechada alkogol mahsulotlari uchun minglab evro sarfladi
20 iyu 2022 20:38
Yangiliklar
Grilish bir kechada alkogol mahsulotlari uchun minglab evro sarfladi
"Manchester Siti" vingeri Jek Grilish Las-Vegasdagi dam olish kunlarida qimmatga tushdi.
Ziyofatlarni yaxshi ko'radigan futbolchi bir oqshom uchun o'n minglab evro sarfladi.
Britaniyaning The Sun gazetasining malumotiga ko'ra, futbolchi bir necha shisha burbon va juda qimmat shampan sotib olgan. Xabar qilinishicha, har bir shisha futbolchiga 3,500 ming evroga tushgan. Vegasdagi tungi klubda u bir kechalik VIP chiptalar uchun 93 000 evro miqdoridagi mablag' to'lagan. Bu narx evaziga Grealish o'zi uchun yana 116 shisha shampan olish huquqiga ega edi.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli Grilish o'tgan mavsumda "Manchester Siti" safida 39 o'yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar