So’nggi yangiliklar

12:14"Бока Хуниорс"нинг афсонавий мураббийи оламдан ўтди  0 11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  0 11:27Марсело Бьелса: "Ўзбекистон — мундиалга борадиган жамоа"  0 10:46МЮ раҳбари Аморимга 3 йил вақт берган  5 10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  19 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби  10 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  7 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  4 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  17 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  6 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3

Grigoriy Kolosovskiy: "Zaxira o'rindig'imiz cheklangan" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Zaxira o'rindig'imiz cheklangan"

O'zbekiston kubogining 1/8 finalidan o'rin olgan “Navbahor” – “Buxoro” (1:0) o'yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy ishtirok etdi.

-  Qiyin g'alaba bo'ldi. O'zi engil yutuqlar bo'lmaydi. O'zinglar ko'rdinglar, uchrashuvning birinchi bo'limi va ikkinchi bo'limning o'rtalarigacha o'yindagi ustunlik jamoamiz tarafida bo'ldi. Lekin yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Vaziyatlar bo'lyapti, lekin ular yakuniga etmayapti. Masalan, Nikabadzeda golli vaziyat yuzaga keldi. SHuningdek, Abror yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi, Asad darvozabondan qaytgan to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi. Vaziyatlar yaratganimiz bilan, ularni yakuniga etkazishda oqsash bo'lyapti. Natijada uchrashuvning so'nggi daqiqalari asabiy ruhda kechdi. Buxoroliklar gol urishga intilishdi. Lekin himoyada yaxshi turgan holda, g'alabani saqalab qolib, keyin bosqichga yo'l oldik.

Siyavash Haqnazari va Giorgi Nikabadzelar o'zlariga yarasha mahoratga ega bo'lishsada, o'yinni to'liq o'tkazish imkoniyatiga ega emaslar. SHu bois, Giorgini almashtirdim, Siyavash esa uchrashuvni to'liq o'tkazdi. Zaxira o'rindig'imiz cheklangan. Mazkur futbolchilarning avvalgi o'yinlarda boshlang'ich tarkibdan o'rin olishmagani yoki maydonga tushmaganliklari mashg'ulotlar jarayoni bilan bog'liq bo'lgan.

 Endi oldinga intilishga harakat qilamiz. Tarkibni kuchaytirib, ishlashda davom etamiz, - dedi Grigoriy Kolosovskiy.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.        

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика