So’nggi yangiliklar

08:04"Байер"дан хайдаланган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  0 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  4 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  4 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  2 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  16 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  11 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  14 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  43 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  14 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  275

Grigoriy Kolosovskiy: "Yaratilgan vaziyatlardan foydalanishimiz juda qiyin bo'lmoqda" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Yaratilgan vaziyatlardan foydalanishimiz juda qiyin bo'lmoqda"

Pro-liganing 2-turi doirasida "FarDU"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin to'laqonli jangovar ruhda o'tdi. Ikkala jamoa ham g'alaba qozonishni istadi. Kurashlar juda ko'p bo'ldi. Ikkala darvoza yonida ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. Yaratgan vaziyatlarimizdan foydalandik, ha, barasidan ham emas. Yana shunday holat: yaratilgan vaziyatlardan foydalanishimiz juda qiyin bo'lmoqda. Kurashlar ko'p bo'lgani uchun o'yin vaqti kamroq bo'ldi. "FarDU" o'z maydonida ochko olishga harakat qildi. Favorit sifatida maydonga tushdik, kurashdik va omadimiz keldi.

- Vladimir Kozak nega zaxirada qoldirilmoqda?

- Bu uning jismoniy holati bilan bog'liq.  Kichik jarohati sababli unga dam bergandik. Uni keyingi o'yinga tayyorlayapmiz. Kim tayyor holatda bo'lsa, o'sha o'ynaydi. Va albatta, raqibdan ham kelib chiqamiz. Bugun kurashlar ko'proq bo'lishini kutgan holda qo'l ostimizdagi optimal tarkibimizni maydonga tashladik. Qaerlardadir ishlar o'xshadi, qaerlardadir esa yo'q. Ibrohim Yo'ldoshevga sekinlik bilan o'yin amaliyoti beryapmiz, hali u o'yinlarga to'laqonli tayyor emas. Barchaga imkoniyat beramiz. Shunchaki bundan foydalanish kerak.

- "Lokomotiv"ning ushbu mavsum Pro-liga va kubokdagi vazifasi qanday?

- Oldin ham aytganimdek, kubokda eng avvalo guruhdan chiqishimiz kerak. Qolgani quraga qarab aniqlanadi. Ligada esa asosiy favorit bo'lib turibmiz. Tabiiyki, birinchi o'rinni olib, Superligaga chiqishni istaymiz. 

- Yosh hujumchi Muhriddin Zoirov haqida qanday fikrdasiz?

- U Siz aytganchalik yosh emas. Unga ham imkoniyat beryapmiz. U ham bundan foydalanishi kerak. Hujumchilar to'pni ushlab tura olishi, ortga qaytishi va vaziyatlardan foydalana olishi kerak. Hozirgi holatda biz undan ko'proq zarbalarni so'rayapmiz. Barchaga imkoniyat beramiz, mavsum endi boshlandi. Kim optimal holatda bo'lsa, o'sha o'ynaydi.

- "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman. "FarDU" haqida fikringiz qanday?

- Qiziqarli jamoa. Murabbiylar shtabi ham yaxshi, ular oldin futbol o'ynashgan va futbolda yaxshi fikrlashadi. Ularda ham reja qilgan barcha ishlari o'xshamadi. Lekin jamoaning oldinga intiluvchanligi yuqori darajada. Ushbu jamoaga keyingi o'yinlarda omad. Tarkib ham yaxshi. Tajribali futbolchilar ham bor, yoshlar ham etarlicha. Tarkibda bemalol katta raqobat amalga oshirsa bo'ladi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика