Grigoriy Kolosovskiy: "Hujumda yaxshiroq o'ynashimiz kerak"

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2016, 08:13
"Paxtakor" - "Mashal" (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida murabbiy o'yin haqida fikrlarini bildirdi.

Grigoriy KOLOSOVSKIY (“Paxtakor” bosh murabbiyi): - Bugungi o'yin qiyin kechishini kutgandik. Birinchi bo'limda shunday futbolga guvoh bo'ldik. Ijodkorroq o'yin va futbolchilarning mahorati sababli g'alabaga erishdik. Hujum uyushtirishda bazi xatolarga yo'l qo'ydik. Ularni tuzatishga harakat qilamiz. Ikkinchi bo'limda faollikni oshirganimiz qo'l keldi. “Mashal” bizga qarshi zich o'ynab, qarshilik ko'rsatishga harakat qildi.

Hujum chog'ida jarima maydonida hech bo'lmaganda uch futbolchi bilan o'ynashga intilyapmiz. Aks holda, himoyachilar yaqqol ustunlikka erishadi. Shu sababli hujumda jipsroq o'ynashimiz lozim.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz