So’nggi yangiliklar

10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  1 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  7 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  8 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  8 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  66 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1

Grigoriy Kolosovskiy: “G'alaba golimiz ham chiroyli, ham muhim bo'ldi” Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: “G'alaba golimiz ham chiroyli, ham muhim bo'ldi”

Superliganing 19-turidan o'rin olgan “Metallurg” - “Paxtakor” (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Albatta “Paxtakor”ga qarshi o'yinlar oson o'tmaydi. Birinchi bo'lim gol o'tkazib yubordik va bu bizga qator qiyinchiliklarni olib keldi. Ikkinchi bo'limda faollikni oshirdik. Bilasizmi, Samvel Babayan davolanish kurslaridan so'ng bizga tegishlicha maslahatlarini berdi. O'yinni nazorat qilishga intildik. G'alaba golimiz ham chiroyli, ham muhim bo'ldi. Qiyin o'yin, raqibdan kelib chiqsak, bu avvaldan malum edi. G'alaba bizga navbatdagi o'yinlar oldidan qo'shimcha ishtiyoq taqdim etsa, ajab emas.

- Bugungi o'yinga tanlangan uslub keyingi uchrashuvlarda ham qo'llaniladimi?

- Ish bergan uslublarni albatta amaliyotga joriy qilamiz. O'yin tashkil etish borasida Samvel Babayanning maslahatlari bugun bizga foyda keltirdi. Ikkinchi bo'limda faolligimiz ortdi, 4 ta qulay imkoniyatga ega bo'ldik. Hozir muhimi, kim asosiy tarkibga munosib, kim zaxirada qolishi kerak, aniqlab oldik. Zaxiradan tushib ham jamoaga katta foyda keltiradigan futbolchilar bo'ladi.

- Avvalgi uchrashuvda ham jamoa so'ngi daqiqalarda gol o'tkazib yuborgandi. Bugun ham shunday bo'ldi. Kelgusida buning oldini olish uchun qanday rejalaringiz bor?

- Xatolar ustida ishlaymiz. Ishtiyoqni yanada oshirish uchun harakat qilamiz. So'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborish bu - yakuniy natijaning salbiy ko'rinishiga sabab bo'ladi. Biz har doim g'alabani hohlaymiz. Ketma-ket 4 ta o'yinda biz g'alabaga haqli o'yin namoyish etgandik.

- Ivan Yosovich so'ngi o'yinlarda ko'rinmayotganiga izoh bersangiz?

- Yosovich jarohatidan davolash amaliyotini olib borayapti. Maydonga qaytishi uning qanchalik tez tiklanishiga bog'liq.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика