"Gremio" Gaston Ramires bilan shartnoma imzolamoqchi
02 avg 2021 10:10
Yangiliklar
"Gremio" Gaston Ramires bilan shartnoma imzolamoqchi
"Sampdoriya" sobiq yarim himoyachisi Gaston Ramires faoliyatini "Gremio"da davom ettirishi mumkin.
Klub vakillari payshanba kuni Milanda xavbekning agenti Pablo Bentankur bilan uchrashishdi.
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Qayd etish kerakki, Gaston Ramires ayni damda erkin agent maqomida, uning shartnomasi iyunda yakuniga etgan.
Urugvaylik futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 5ta sariq kartochka oldi.
Fikrlar