Greciya rahbarlari milliy chempionatni davom ettirishga ruhsat berdi, ammo muxlislarsiz
05 mar 2015 16:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/164399_original.jpg)
![](/upload/storage/164399_220.jpg)
Greciya rahbarlari milliy chempionatni davom ettirishga ruhsat berdi, ammo muxlislarsiz
Greciya sport vaziri Stavros Kontonis Greciya Superligasi prezidenti Giorgos Borovilosning mamlakat chempionatini davom ettirish borasidagi savoliga ijobiy javob qaytardi.
"Davlatning qarori shunday, dam olshi kunlari o'yinlar bo'ladi, ammo muxlislarsiz. Bu turdan so'ng ishqibozlar borasida yana bosh qotirib ko'ramiz" - deydi Kontonis.
Eslatib o'tamiz, grek rahbariyati bu mavsumda uchinchi bor chempionat o'yinlarini to'xtatib qo'ydi. Bunga sabab, 22 fevral kuni "Panatinaikos" va "Olimpiakos" uchrashuvida muxlislar otgan mushak futbolchilarning biriga tekkan. Bundan tashqari, ishqibozlar tribunadagi o'rindiqlarni "Olimpiakos" murabbiy Vitor Pereyra tomon uloqtirishgan.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar