Grasiya Troy Dinining chetlatilishi haqida: “Bu aniq qizil kartochka emasdi”
16 apr 2019 09:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/490193_original.jpg)
![](/upload/storage/490193_220.jpg)
Grasiya Troy Dinining chetlatilishi haqida: “Bu aniq qizil kartochka emasdi”
“Uotford” bosh murabbiyi “Arsenal”ga qarshi o'yin haqida fikrlari bilan bo'lishdi.
“G'alaba qozonish uchun bor kuchimizni safarbar qildik. Ko'p vaqt davomida 10 kishi bo'lib harakatlandik. Olqishlarga loyiq holat. “Uotford” ochko olmadi, biroq bu juda yaxshi ishtirok bo'ldi. Kamchilik bo'lib o'ynash og'ir bo'ldi. Yigitlarim bilan faxrlanaman. Natija meni xavotirga solmayapti. 10 kishi bo'lib o'ynab, vaziyatlar sodir qildik. Hakam qarorini hurmat qilaman, biroq uning qaroriga qo'shilmayman. Hammasi ravshan edi: bu sariq kartochka edi, ha, aniq qizil emas”,—deydi Xaver Grasiya.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar