Granit Jaka jamoadoshlariga qaysi klubga o'tayotganligini aytdi
21 dek 2019 12:42
Yangiliklar


Granit Jaka jamoadoshlariga qaysi klubga o'tayotganligini aytdi
"Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jaka qishki transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin.
27 yoshli shveycariyalik futbolchi sheriklariga Londondan ketib, "Gerta"ga o'tishga yaqinligi haqida gapirgan.
Xabar qilinishicha, Berlin klubi Jaka uchun 45 million evro to'lashi mumkin.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assistga erishgan.
Eslatib o'tamiz, Jaka "Arsenal"ga 2016 yilda Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasidan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar