Granit Jaka "Arsenal"dan ketishi sababini aytdi
19 dek 2023 20:33
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/773417_original.jpg)
![](/upload/storage/773417_220.jpg)
Granit Jaka "Arsenal"dan ketishi sababini aytdi
"Bayer" yarim himoyachisi Granit Jaka "Arsenal"dan ketishi sababini aytdi.
"Garchi jamoa sardori bo'lgan bo'lsam-da, "Arsenal" menga umuman hurmat ko'rsatmadi. Artetadan tashqari hamma mening ketishimni istayotgandi. Faqatgina Mikel jamoada qolishimni istayotgandi", - dedi futbolchi "The Athletic" nashriga bergan intervyusida.
SHveycariyalik futbolchi yozda "Arsenal"dan "Bayer"ga 15 mln evro evaziga o'tgandi. 31 yoshli xavyuek ushbu mavsumda barcha turnirlarda 22 o'yinda qatnashib, 1 golga assist bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar