Goreckaga grandlar girdikapalak
25 iyu 2021 20:11
Yangiliklar
Goreckaga grandlar girdikapalak
"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goreckaga "Barcelona", "Real" hamda bir qancha APL klublari qiziqish bildirmoqda.
Xabar qilinishicha, futbolchining o'zi Myunxen klubida qolmoqchi, ammo tomonlar hali futbolchining maoshi borasida o'zaro kelishuvga erisholmagan.
Yarim himoyachining vakillari "Bavariya"dan yangi taklifni kutmoqda.
Leon Gorecka "Bavariya"ga 2018 yilda "SHalke"dan erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi. O'tgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 32 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 9 golga assistentlik qildi.
Fikrlar