Gorecka "Bavariya"dan ketadimi?
03 mar 2024 21:31
Yangiliklar
Gorecka "Bavariya"dan ketadimi?
"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Gorecka 2023/24 yilgi mavsum so'nggida klubdan ehtimoliy ketish variantini ko'rib chiqadi.
Jurnalist Maksimilian Koxaning xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchi ayni damda to'liq myuxenliklar safidagi o'yinlariga etiborini qaratgan. Xavbek "Yuventus"ning qiziqishiga qaramay o'z kelajagi haqidagi qarorni jamoaga yangi bosh murabbiy elon qilingandan so'ng qabul qiladi.
Oldinroq, yozda Tomas Tuxelning "Bavariya"dan istefoga chiqarilishi malum bo'lgandi.
Gorecka 2018 yilning iyulidan beri "Bavariya"da o'ynaydi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Transfermarkt portali nemis o'yinchisini 40 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar