So’nggi yangiliklar

23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  0 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  2 22:20Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  71 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  30 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  14 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  73 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  8 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  3

Gonsalo Iguain: Imkoniyatlarimga aslo shubha qilmayman Yangiliklar

Gonsalo Iguain: Imkoniyatlarimga aslo shubha qilmayman

Yuventusning yangi hujumchisi - argentinalik Gonsalo Iguain rasmiy debyutidayoq jamoaga g'alaba keltirgan golga mualliflik qilgach, La Gazetta dello Sport muxbirlari uni darhol suhbatga tortishdi.

CHunonchi, qimmatbaho yulduz shu goli bilan tanqidchilar, yani uni semizlikda ayblayotgan tahlilchilarga o'ziga xos zarba berdi.

- Gonsalo, ayni payt hamma sizning ortiqcha vazningiz va futbolchiga xos bo'lmagan tarzda qorin solib yuborganingizni muhokama qilmoqda. Bu holatdan tashvishga tushmayapsizmi?


- Aslo. Aksincha, buning men uchun foydali tomoni bor. O'yinlardan oldin semirib ketganimni qancha ko'p tilga olishsa, shuncha ko'p gol uraveraman.

- Bundan chiqdi, semizlik va buning ortidan keladigan gap-so'zlarga beparvo qaraysiz, shundaymi?


- Ochig'i, tanqidlarga tupurdim. SHaxsan o'zim imkoniyatlarimga hech qachon shubha qilmaganman.

- So'nggi kunlaringiz qanday o'tyapti?


- Yomon emas. Deyarli bir oy davomida mashg'ulotlarda astoydil ter to'kdik. Bu albatta, o'z samarasini berishi lozim. Umuman olganda, Yuventusdagi sharoitlar zo'r. Tan olaman, bir qarorga kelishim oson bo'lmadi. Lekin aminmanki, tanlovda adashmadim.

- Maydonga tushishga tayyorlanayotgan paytingiz klub tiffozilari sizga atab, qo'shiq kuylashdi. Hisobingizga yozilgan g'alaba goli esa ularni behad ruhlantirdi. Aytingchi, sizni shunday kutib olishlarini sezganmidingiz?

- Sen uchun aytilgan qo'shiq ruhingni ko'tarib yuboradi. Qizg'in qo'llab-quvvatlash esa yanada faolroq o'ynashingga undaydi. Ilk golimni Yuventus ishqibozlari, qolaversa, menga ishongan va ishonishda davom etayotgan hamma-hammaga bag'ishlayman.

- Golni qanday nishonladinglar?


- O'yindan so'ng kiyinish xonasida gol emas, g'alabani nishonladik.  Negaki, bu biz uchun nihoyatda muhim edi. Asosiysi, mavsumni 3 ochko olish bilan boshladik. Barchamiz tushunib turibmizki, oldinda klubimizni og'ir mavsum kutib turibdi va xotirjamlik hamda barqarorlikni so'nggi turlargacha saqlashimiz kerak.

- Fiorentinaga qarshi o'yinda gol urish uchun yaxshi vaziyatga ega emasdingiz. SHunga qaramay, darvozani ishg'ol qildingiz...


- Bilasizmi, tashqaridan qaraganda, gol osongina urilganga o'xshashi mumkin. Aslida esa darhaqiqat, etarli bo'shliqqa ega emasdim. SHunchaki, jamoa uchun foyda keltirishga urindim va omadim chopib, to'p mo'ljalga aniq bordi.

- Mario Manjukich bilan munosabatlaringiz qanday?


- Hammasi ajoyib. Nafaqat u, boshqa yigitlar bilan ham muomalamiz zo'r. O'zi sovrinlar uchun kurashadigan jamoada boshqacha bo'lishi mumkin emas.

- Yuventus sardori Janluiji Buffon safga yangi qo'shilganlarni jo'shqin nutq bilan kutib olishni odatga aylantirgan. SHundan kelib chiqsak, uning sizga ham nimalardir degani aniq...


- Ha, Jiji jamoaga o'tganimdan xursandligini izhor qildi. Umuman, meni  jamoada barcha birdek iliq kutib oldi.

- Endi dunyoning eng kuchli himoyachilari bilan birga shug'ullanasiz...


- O, bu men uchun ulkan sharaf. Zero, eng yaxshilar davrasida bo'lsang, o'z salohiyatingga ishonching ortib boraveradi.

 

I. RAHIMOV tayyorladi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика