So’nggi yangiliklar

13:46Суарес "Сиэтл" ходимига тупургани учун 6 ўйинга дисквалификация қилинди  2 13:19"Ал Иттиҳод" португалиялик ёш футболчини 30 млн евродан ошиққа харид қилди  1 12:51"Челси" собиқ футболчиси "Гремио"га ўтди  0 12:22Бразилияда ғавғо: "Фламенго" юлдузи пул тикканликда айбланиб дисквалификация қилинди  1 11:54Дональд Трамп Ўзбекистон МТЖга ЖЧда омад ёр бўлишини тилади  5 11:27Кечаги учрашувдан сўнг Жоэль Кожо ўз фикрларини билдириб ўтди  22 10:59ПСЖ бош мураббийи жиддий жароҳат олди  3 10:32Бугун U-23 ва U-17 терма жамоаларимиз ўйнайди  8 10:02"Реал"нинг икки нафар футболчисига Туркиядан таклиф бор  0 09:31Европанинг ТОП клублари қизиққан футболчи фаолиятини Саудия жамоасида давом эттиради  1 09:00"Олтин тўп"га асосий даъвогар футболчи жароҳат олди  3 08:32Яна бир терма жамоа ЖЧ йўлланмасини қўлга киритди  5 08:03Валерий Кичин: "Ҳалол ўйин бўлишини истардим"  45 07:36Ўзбекистон Қирғиз Республикасига ҳеч қандай имконият қолдирмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  4 02:00Месси фаолияти ҳақида: "Бунинг якуни яқинлашиб келмоқда"  4

Gonkong bosh murabbiyi: "Biz O'zbekistonga shunchaki sayohat qilgani kelmadik" Yangiliklar

Gonkong bosh murabbiyi: "Biz O'zbekistonga shunchaki sayohat qilgani kelmadik"

JCH-2026 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Gonkong o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.




Matbuot anjumanining birinchi qismida Gonkong bosh murabbiyi Yorn Andersen va futbolchi Vu CHun Min ishtirok etdi.

"O'tgan hafta Gonkongda o'tgan birinchi o'yinda bizga oson bo'lmadi. Ammo biz O'zbekistonga shunchaki sayohat qilgani kelmadik. FIFA reytingida farq katta, ertaga munosib o'yin ko'rsatishga urinamiz. O'zbekiston Eron singari kuchli jamoa. Ertaga g'alaba uchun kurashamiz, biz o'yindan o'yinga o'sib boryapmiz. Ushbu bosqichdagi o'yinlar kelajakda tajriba bo'lib xizmat qiladi", - dedi Yorn Andersen.

"Birinchi o'yin O'zbekiston foydasiga hal bo'ldi, ammo biz jamoa o'yinini tahlil qildik. Ertaga g'alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi Vu CHun Min.




- Ertaga Srechko Katanec zaxira o'rindig'ida bo'lmaydi. Siz bosh murabbiy sifatida
- SHuni aytishim kerakki, Katanec bilan yaxshi tanishman. Futbolchilik paytida u "SHtutgart"da men "Ayntraxt Frankfurt" safida o'ynaganimizda to'qnash kelganmiz. Murabbiy sifatida ham yaxshi bilaman. Uning yo'qligi jamoaga katta tasir qiladi deb o'ylamayman. Katanecning kuchli yordamchilari bor.

- O'tgan yilning o'zida Gonkong U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida 4 marta O'zbekiston bilan to'qnash keldingiz va 4 marta mag'lub bo'ldingiz. O'tgan hafta ham yutqazdingiz. Siz uchun O'zbekiston "qora tush"ga aylanib qoldimi?
- To'g'ri aytyapsiz o'tgan yil O'zbekistonga qarshi juda ko'p to'qnash keldim. Bir narsani tushuning, biz kichik futbol mamlakatimiz. Kuchli terma jamoalarga qarshi o'ynash qiyin. Osiyodagi eng kuchli 6 ta jamoa aytish mumkin bo'sa Evropa darajasida futbol namoyish etadi. Birinchi o'yindan keyin yangi taktikalarni sinab ko'rdik. Agressiv o'ynashga urinamiz, 5-6 nafar asosiy futbolchimiz bizga yordam bera olmaydi. Ammo biz ijobiy natijaga harakat qilamiz.

- Ertangi o'yin qanchalik darajada muhim? Guruhdagi vaziyat bo'yicha nima deysiz?
- Biz uchun guruhdagi har bir o'yin juda muhim. Bir hafta oldin bir taym davomida gol o'tkazmadik va yaxshi o'ynadik, ammo xatoga yo'l qo'ydik va gol o'tkazib yubordik. Ertaga o'zimizning yaxshi tomonlarimizni ko'rsatishga urinamiz.

- Gonkong matbuotida O'zbekistondagi mashg'ulot maydoni tanqid qilindi. Sizning mashg'ulot maydoni borasidagi fikringiz qanday?
- Agar Gonkong matbuotida shunday yozilgan bo'lsa, bu ularning ishi. Biz Eronda va boshqa mamlakatlarda mashg'ulotlar o'tkazdik. O'zbekistondagi sharoitlar ulardan anchagina yaxshi.




Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика