Gomis Yaponiya klubiga o'tdi
08 avg 2023 23:16
Yangiliklar
Gomis Yaponiya klubiga o'tdi
Franciyalik mashhur hujumchi Bafetimbi Gomis erkin agent sifatida Yaponiyaning "Kavasaki Frontale" klubi azosi bo'ldi.
38 yoshli futbolchi o'tgan mavsumni "Galatasaroy"da o'tkazib, Turkiya chempionatining 23 ta o'yinida 8 ta gol urdi.
Transfermarkt portali hozirda tajribali franciyalikni 650 ming evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, "Kavasaki Frontale" Yaponiyaning to'rt karra chempioni hisoblanadi. Bu jamoa oxirgi marta 2021 yilda ichki chempionatda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lgandi.
Fikrlar