Gomes Ispaniya Kubogi o'yinidan so'ng Messi bilan nima haqida gaplashganini aytdi
12 fev 2021 11:38
Yangiliklar


Gomes Ispaniya Kubogi o'yinidan so'ng Messi bilan nima haqida gaplashganini aytdi
"Sevilya"ning yangi o'yinchisi Alexandro Gomes Ispaniya Kubogi yarim final "Barselona"ga qarshi dastlabki o'yindan so'ng kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi bilan gaplashdi.
"Biz hayot haqida gaplashdik. Leo mening "Atalanta"dagi vaziyatim haqida so'radi. Men esa u bilan Ispaniyada uchrashganimdan mamnun ekanligimni aytdim. Boshqa hech narsani muhokama qilmadik. Messi - Argentina terma jamoasi sardori, biz barchamiz uni hurmat qilamiz", - deydi yarim himoyachi.
Eslatib o'tamiz, ilk o'yin Sevilyada bo'lib o'tdi va o'yin andalusiyaliklarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Javob o'yini 3 martda Barselonadagi "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar