So’nggi yangiliklar

18:06Анчелотти: "Мбаппенинг кўникиш жараёни якунига етди"  0 17:30"Астон Вилла" - "Манчестер Сити"  11 16:59"Локомотив" 4 клубдан пул талаб қилмоқда  4 16:21Эшитдик-да! "Металлург"нинг Суперлигадаги ўрнини "Олимпик" эгаллайди  9 16:06"Металлург" янги мавсумни Суперлигада ўтказмайди  7 15:43"Бунёдкор" 2025 йилги мавсумни ўз стадионида бошлайдими?  0 15:30Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   25 15:12"Барселона" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 14:59Погбанинг "Сити"га ўтиши ростми?  4 14:30Клублар қишки трансфер ойнасига тайёрланишмоқда  1 13:58Раҳмат сенга, "Энергетик-БГУ"  6 13:26РФИ бош котиби: "Кўпчилик Россиянинг қайтишига рози"  5 13:15Шаҳбоз Жўрабеков: "Жароҳатлар сабаб "Бунёдкор"да тўлиқ ўзимни кўрсата олмадим, 2025 йилдан эса умидим катта"  4 12:41Сане ўз келажагини қаерда кўряпти?  3 12:37"Барселона" афсоналари "Реал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди. Вильяда хет-трик, Оуэнда дубль  29

Gollarini buvisiga ataydigan, qo'shnisinikidan limon o'g'irlagan, maktabda yomon o'qigan hamda ikkinchi raqamli libosda o'ynagan Lionel Messining bolalikdagi uyiga tashrif Yangiliklar

Gollarini buvisiga ataydigan, qo'shnisinikidan limon o'g'irlagan, maktabda yomon o'qigan hamda ikkinchi raqamli libosda o'ynagan Lionel Messining bolalikdagi uyiga tashrif

Qulog'ingizga chalinmagan sarguzashtlar haqida hikoya qilamiz.

Maradonaning voyaga etgan boshpanasiga tashrif buyurgach, yaqinda "Inter Mayami" klubi azosiga aylangan Lionel Messining ham shirin xotiralar ila ulg'aygan uyiga bormasdan ketolmasdik.

Ushbu imorat Buenos-Ayresdan 300 kilometr shimoliy-sharqda joylashgan Rosario shahridagi La-Bajada mahallasi, Isroil ko'chasida qad rostlagan.

Panjara bilan to'silgan hamda Argentina bayroqlari ilingan bu uyda hozirgi kunda hech kim yashamaydi, ammo imorat Messilar oilasiga qarashli hisoblanadi.

Rosario aholisi ham xuddi Maradona tug'ilgan Villa Florito singari boy emas. Ko'pchilikning topgani ro'zg'oridan ortmaydi. Aytilishicha, bu erda giyohvandlik natijasida zo'ravonlik yuqori. Qotillik darajasi mamlakatdagi o'rtacha ko'rsatkichdan to'rt baravar yuqori.

Leo mazkur dargohda 13 yoshiga qadar istiqomat qilgan bo'lsa-da, undan ham Diego singari yorqin xotiralar qolgan. Uning bolaligi hamda qo'shnilarining futbolchi to'g'risidagi fikrlarini baham ko'rishga harakat qilamiz.

Lionel Messi 1987 yilning 24 iyunida tonggi 6 ga yaqin Rosario shahridagi Italiano Gardibali shifoxonasida dunyoga kelgan. Leo tug'ilganida 3 kilogramm vaznga hamda taxminan 47 santimetr bo'yga ega edi. 

U po'lat zavodi menejeri Xorxe Messi va magnit ishlab chiqarish zavodi ishchisi Seliya Kuchittining to'rt nafar farzandidan uchinchisi edi. Leoning Rodrigo va Matias ismli akalari va Mariya ismli singlisi bor.

Messining bolalikdagi do'stlaridan biri Diego Valexos bo'lajak yulduz haqida shunday xotirlaydi: 

"Leo boshqalar singari oddiy inson edi. Biz bilan velosipedda sayr qilar, cho'p va toshlardan uychalar qurar, bekinmachoq o'ynar va bazida ichimlik tayyorlash uchun qo'shnimiz ekkan daraxtdan limon o'g'irlardik".

Messi bilan bolalikda birga futbol o'ynagan Barbara Sossi ham futbolchini vazmin ekanligini takidladi: 

"Leo juda kamtar edi, xuddi hozirgidek. U butun umri davomida shunday bo'lib qolgan".

Futbolchining boshlang'ich sinfda tutgan kundaligi hamon saqlab kelinmoqda. Ammo boshlang'ich sinfda bolakay alochi o'quvchi emasdi, faqat jismoniy tarbiya fanidan o'zini ko'rsata olgan. Uning dard-u xayoli futbolda edi. Hatto u tahsil olgan 66-maktab o'qituvchilaridan biri shunday tanbeh bergan: "Bolam, koptok tepishni bas qil va o'qishni boshla, chunki bu yo'l hech qayerga olib bormaydi".

Messining jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Gustavo Teres maktabda futbol o'ynash taqiqlab qo'yilganini, ammo Lionel hamisha ushbu "qoida"ni buzishga hamisha vaqt topganini yodga oldi.

"U maktabda deyarli gapirmasdi. Sinfda jimgina o'tirardi, ammo qo'ng'iroq chalinishi bilan futbol o'ynagani yugurardi. CHarmmi, rezinami, qanaqa to'p bo'lishidan qati nazar, u o'ynayverardi. O'qituvchilar undan to'pni olib qo'ya olmasdi".

Messi boshlang'ich talim olgan 66-maktab devoriga braziliyalik rassom Paulo Konsentino tomonidan futbolchining surati chizilgan. SHuningdek, yaqinda maktab qarshisida uning devoriy surati paydo bo'ldi.

Messining sobiq qo'shnisi, 67 yoshli nonvoy Sebastyan Murua esa hujumchini oltinga qiyosladi: 

"Men Xorxega (Messining otasi) senda oltin bor deb aytardim. Bu erga o'zgacha mashina kelganini ko'rsangiz, qoraytirilgan oynalar ortida Leo yoki uning oila azolaridan kimdir kelgan bo'ladi. Ular bir oila bo'lib voyaga etgan. Men ularni do'konda ko'rsam, go'yo butun umr birga yashagandek salomlashadi".

Messining oilasi futbolga begona emasdi. Uning akalari maydonda to'p tepgan, shuningdek, amakivachchalari — Maksimiliano va Emanuel futbolchi bo'lgan. Biroq uning iqtidori kashf etilishida buvisi Seliya Oliveyra Kuchittini katta rol o'ynagan. Oila azolari orasida o'sha vaqtda faqat Seliya xonim Messining futbolchi bo'lishini xohlagan va shaxsan o'zi to'rt yoshli nabirasini mahalliy futbol klubi mashg'ulotiga etaklab borgan. 

"Buvim stadionga etaklab borib, meni sinab ko'rishi lozimligi aytgan. Murabbiylar esa "Yo'q, yo'q, bu bolakay juda mitti" deb javob qaytargan. Keyin kichik janjal bo'ldi. Buvim "Bu bola jamoangni qutqarib qoladi", dedi. Biroz gap talashgach, meni maydonga tushishimga ruxsat berishdi. Yakunda ikkita gol urdim", — deya xotirlaydi Messi. 

"Nyuells Old Boyz" tarkibidagi jajji Lionel Messi (VIDEO)

Leo gollarini osmonga ishora qilgancha nishonlashi bejizga emas. 

"Buvim haqida ko'p o'ylayman va gollarimni unga bag'ishlayman. Men uning maydondagi o'yinimni tomosha qilishini istardim, biroq u muvaffaqiyatga erishganimni ko'rolmasdan dunyodan ko'z yumdi. Bu esa menga azob beradi", — degan etti karra "Oltin to'p" sohibi.

Bir kuni 10 yoshli Lionel buvisining qabrini ziyorat qilish uchun (buvisi 1998 yil vafot etgan) uydan qochib ketgan va do'sti Diego Valexo bilan birga taxminan 20 kilometr masofaga avtobusda borib kelgan.

Messi to'rt-besh yoshida katta akasi Matias faoliyat olib boradigan "Grandoli" bolalar jamoasida to'p tepa boshladi. Keyinchalik "Markaziy Kordoba" tarkibida bir nechta o'yin o'tkazdi.

1994 yilning 21 martida u "Nyuells Old Boyz" bilan professional shartnoma imzoladi hamda klubdagi olti yillik faoliyati davomida 176 o'yin o'tkazib, 234 ta to'p kiritdi.


"Nyuells Old Boyz" bolalar jamoasi darvozaboni Xuan Kruz Leguizamonning yodga olishicha, jamoa g'oliblarga velosiped sovg'a qilinadigan turnir finalida ishtirok etishi lozim edi. Messi esa uchrashuvga kechikkan va o'yin usiz boshlangan. Uydan ruxsat ololmagan va qulflab qo'yilgan zumrasha esa derazani sindirib qochadi va kech bo'lsa ham ikkinchi bo'limga etib boradi. Tanaffusga qadar 0:2 hisobida yutqazayotgan jamoa esa ikkinchi taymda Messining xet-trigi evaziga yangi velosipedlarni o'ziniki qiladi.

"Kordoba"ning yoshlar jamoasi o'yinchisi bo'lgan Mario CHupete Pereyraning eslashicha, uning jamoasi mintaqaviy turnir finalida Messi jamoasi bilan to'qnash kelgan. O'yindan keyin esa bolakaylarning ota-onalari va murabbiylari libos almashishga kelishib olishgan. Pereyra o'shanda raqib jamoadan Lukas Skaliyaning formasini olishni xohlagan, ammo uni jamoadoshi allaqachon o'ziniki qilishga ulgurgandi. Tasodif tufayli u 10-raqamli jajji futbolchi bilan libos almashishga majbur bo'ladi. Keyinchalik bu futbolka qimmatbaho xazinaga aylanishini esa xayoliga keltirmagandi.

Mahalliy chempionatning dastlabki uchta o'yinida o'tga yaqin gol urgan Messining dovrug'i asta-sekin mamlakat bo'ylab tarqala boshlaydi. Navbatdagi raqib murabbiyi bo'lajak o'yindan avval 10-raqamli "Nyuells Old Boyz" futbolchisini qattiq qo'riqlashni buyuradi. Leoning ustozi esa bunga javoban hiyla yo'lini tutadi va "sehrli tayoqcha"sini 2-raqamli libosda maydonga tushiradi va... o'yin davomida ushbu raqamda qaysi futbolchi o'ynayotganini barcha anglab etadi.

Leo 10 yoshga to'lganda, unda o'sish gormonlarining etishmayotgani aniqlandi, bu esa futbolchining jismoniy rivojlanishiga keskin tasir o'tkazardi. Messi 11 yoshga to'lganda, bo'yi atigi 1,3 metrni tashkil etardi. Ko'pgina o'yinchilarning ularning etarlicha rivojlanishga erishmagani uchun bolalik chog'idayoq to'xtab qolgan. Uning davolanishi uchun oyiga kamida 1000 dollar xarajat qilish kerak edi. Messining oilasi uchun esa bu qimmatlik qilardi.

Unga na "Nyuells Old Boyz", na Messini o'z safida ko'rishni istagan "River Pleyt" pul to'lashni istadi. Biroq "Barselona" unga yordam qo'lini cho'zdi va futbolchi bilan salfetkada dastlabki bitim tuzildi. 

"River Pleyt" muzeyi va stadioniga sayohat. Argentinaning nomdor klubi tarixi haqida musiqa sadolari ostida tasavvurga ega bo'lishingiz mumkin

Qiziq tomoni, Lionel 2000 yil "Barselona"ga yo'l olishidan bir necha oy ilgari mashg'ulotlardan birida o'ng bilagini sindirib olgan va bir muddat shug'ullanishdan chetda qolgan.

U qo'li tuzalish arafasida jamoasi bilan navbatdagi turnirga bormoqchi bo'ladi. Garchand uning qo'li gips bo'lsa-da, murabbiylar uning ham tomosha uchun borishicha ruxsat berishadi. Messi esa sumkasi bilan yo'lga chiqadi. Keyinroq malum bo'lishicha, ushbu kichik sumkaga uning butsalari va o'yin uchun kerakli buyumlar solingan ekan.

Men oilamni va Argentinani tark etib, yangi hayot boshlash uchun ko'p qiyinchiliklarga duch keldim va ko'p narsadan voz kechdim. Lekin barchasi futbol uchun, orzumga erishish uchun edi. SHu bois, behuda narsalarga berilmadim. Ispaniyada bir yil istiqomat qilgach, akam ortga qaytishni xohladi, chunki u sog'inch azobiga chidolmadi. Men esa ular qaytib ketishsa ham, shu erda qolishni tanladim.

Ikki yil davomida Leo har kuni oyoqlaridan ukol olishiga to'g'ri keldi. Ukolni o'ziga o'zi qilardi. Uzoq davolanishdan so'ng uning bo'yi 1,70 metrga etadi. Garmonlarsiz esa Messi 1,55 metrdan oshmagan bo'lardi.

Messining "Barselona"da fantastik faoliyati to'g'risida esa so'zlashning hojati yo'qdir. Kezi kelganda, Leoning quloqqa chalinmagan sarguzashtlari bilan ham o'rtoqlashishga harakat qilamiz. Tashrifimiz uning bolalikdagi uyiga bo'lgani uchun, asosan, futbolchining ilk xotiralari bilan o'rtoqlashishga qaror qildik.

Men, Lionel Messi, futbolchi bo'ldim. Aslida, shunday bo'lishi ham kerak edi. Boshqa yo'lim yo'q edi. Esimda, men doim futbol o'ynashni xohlardim. Ilk bor to'p bilan ro'baro' kelgan onni yoddan chiqarmaganman... Oq va qizil rangli to'p edi... Oyog'im bilan to'pga zarba berganimni va o'zgacha kuchni his qilganman. To'p yumalab ketdi, men unga etib oldim va yana zarba berdim... Akalarim hayqiriqlar bilan dalda berishardi. Hech kim menga xalaqit bermadi, hech kim mendan to'pni tortib olishga urinmadi va men uni darvoza ustunini anglatuvchi ikkita tosh orasiga kiritishga muvaffaq bo'ldim. Bu mening birinchi golim edi. Mingta golning birinchisi. Umid qilamanki, bir kun kelib, minginchi golimni uraman. Hozircha u mendan olisda.

Otam hamon bolaligimda to'p bilan qanday mohirona muomala qilganimdan hayratlanadi. "Hech kim senga o'rgatmagan, - deya takrorlaydi u, - lekin sen hamma narsani bilarding. Qanday qilib?" Bu haqda hech o'ylab ko'rmaganman. Men qanday o'ynashim va to'p bilan nima qilishim kerakligi haqida sira o'ylamayman. Men faqat to'pni darvozaga qanday kiritish, raqiblarni qanday qilib eng yaxshi usulda aldab o'tish haqida o'ylayman. Qolgan barchasi oyoq orqali amalga oshiriladi. Menimcha, inson biror ishni sevsa va unga chinakam mehr qo'ysa, u buni o'z-o'zidan amalga oshiradi.

Bu maqsad deb ataladi.

Futbol — mening hayotim. Boshqacha bo'lishi mumkin emas, chunki men aholisi futbolga mehr qo'ygan Rosarioda tug'ilganman. Rosarioda futbol to'pi ko'rinishida bo'lgan bolalar shaqildog'ining ovozini eshitishingiz hamda qabrlar ustida to'p ko'rinishidagi yodgorliklarni ko'rishingiz mumkin. Futbol yurtdoshlarim uchun tug'ilgandan to o'limgacha hamroh bo'ladi. Futbol Rosarioning havosi, uning pulsi, falsafasi hisoblanadi.

Tug'ilmasidan ilgari yulduzlikka erishgan, uch yoshida unutilmas sovg'aga ega bo'lgan hamda soxta nom ostida futbol o'ynagan “Karadona” — Diego Maradonaning dastlabki va so'nggi manziliga tashrif

Argentinada bitta bo'lsa, bizda ikkita Maradona bor, ulardan birining o'g'li — Messi 


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика