So’nggi yangiliklar

00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  0 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  0 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  1 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  15 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  9 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  58 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  14

Gollandlardan iqtidorlarning navbatdagi "partiyasi" Yangiliklar

Gollandlardan iqtidorlarning navbatdagi "partiyasi"

Gollandiya chempionatiga bo'lgan qiziqish so'nggi paytlarda biroz kamaygandek. Bunga qator sabablar bor.

Mutaxassislarning fikricha, mamlakatda yosh iqtidorlar etishib chiqishi avvalgiga nisbatan keskin kamaygan.

Avvallari Top chempionatlar grandlarigina alvon lolar yurtidan iqtidorli yoshlarni o'z tarkibiga jalb eta olgan bo'lsa, bugungi kunga kelib, o'rtamiyona jamoalar ham Gollandiyadan o'sishi kutilayotgan futbolchilarni ilib ketishmoqda va ushbu transferlar doim ham o'zini oqlamayapti.

Yana bir etiborga loyiq jihat shuki, avvallari faoliyatini yakunlashga yaqin kelib qolgan gollandlar ona yurtiga qaytmasdi. Hozir esa milliy chempionatda ularga ham joy topilmoqda. Bir tarafdan Xuntelar yana “Ayaks” formasida gollar urayotgani yaxshi, ammo bu iqtidorlar xattoki yoshi o'tib qolgan Xuntelar bilan ham raqobatlasha olmayyotganidan dalolat. Hujumchilar etishmovchiligini chempionat to'pruralari bahsidagi kurashga qarab ham bilib olish mumkin.

Ikki-uch yil avval chempionat to'purari deyarli o'ttizta to'pni raqiblar darvozasiga joylab qo'ygan bo'lsa, hozir... Birinchidan, eng yaxshi to'purar “Villema II” jamoasi futbolchisi bo'lib qoldi. Ikkichidan, uning hisobida bor yo'g'i 16 gol mavjud. 

Va yana bir guruh futbolchilar hisobida 14-15 tadan gol mavjud.

SHunga qaramay, top chempionatning top klublarini kuchaytira oladigan futbolchilarni izlab topishga muvaffaq bo'ldik. Yaqin kelajakda bu futbolchilar uchun transfer bozorida keskin kurash boshlansa ajabmas.


Mateys de Ligt (“Ayaks”)
SHartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan, narxi – 25 mln evro (bu erda va keyingilarida Transfermarkt malumotlari asosida)

Kutilmaganda, Gollandiya chempionatining eng qimmat futbolchisi markaziy himoyachi bo'lib turibdi. Ammo bunga xayron bo'lmasangiz ham bo'laveradi. Mateys endigina 18 yoshda va bunga qaramay, katta tajribali futbolchilardek harakat qilmoqda. Umuman olganda so'nggi vaqtlarda Gollandiyada de Ligt kabi omma etiboriga tushgan  kurashuvchan, aqlli va universal himoyachilar avlodi etishib chiqdi.

De Ligt bu borada yoshlardan biroz kattaroq, ammo umumiy kartinada yosh hisoblangan van Deyk va de Vreyning vorisi desak bo'laveradi. Futbolchi qobiliyatli ekani sezilib turibdi. “Manchester Siti” sharofati bilan esa himoyachilar ham katta summaga transfer qilinadigan bo'lib qoldi. Demak, de Ligt va himoya chizig'ining boshqa vakillari o'z ustilarida ishlashdan to'xtamasliklari zarur.


Irving Losano (PSV)
SHartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan, narxi – 22 mln evro

Yaqin orada boshqa klubga o'tib ketishi mumkinlar orasida PSV vingeri ham etakchilardan biri hisoblanadi. Irving bu mavsum jamoasi bilan mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Eyndxoven jamoasi o'tgan yoz Losanoni meksikaning “Pachuka”sidan 8 million evroga sotib olgandi. Hozir PSVning eng yaxshi to'purari (mavsumda 15 gol va 12 ta golli pas bergan yigit)ni ko'plab top-klublar “Arsenal”dan tortib Dortmundning “Borussiya”sigacha va xatto “Manchester Siti” ham kuzatmoqda.

Transferning tahminiy narxi esa 60-70 million evro atrofida bo'lishi kutilmoqda. Bu bugungi kun iqtisodiyotidan kelib chiqsak normal narx, chunki meksikalik futbolchi bor yo'g'i 22 yoshda, futbolchining klub bilan 2023 yilgacha amal qiladigan shartnomasi bor va Irvingning universalligi ko'plab jamoalarning hujum chizig'ida istalgan nuqtasida foyda keltirishi mumkin.


Kasper Dolberg (“Ayaks”)
SHartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan, narxi – 14 mln evro

Dolberg bilan bog'liq vaziyatda “Ayaks” menejmenti uzoqni ko'zlamay qaror chiqardi. Daniyalik o'tgan mavsum katta sahnaga chiqqandi. Amsterdamliklar Evropa Ligasi finaliga qadar etib borishdi va o'sha jamoaning etakchilaridan biri shubhasiz Dolberg edi. Evropaning mashhur jamoalari qiziqishiga qaramay, “Ayaks” boshliqlari futbolchini qo'yib yuborgisi kelmadi va Kasperni yana bir-ikki mavsum Gollandiya chempionatida qolib, keyin top jamoaga yo'l olish to'g'ri qaror bo'lishiga ishontirishdi, ammo... Hozircha bu reja o'zini oqlamayapti.
O'tgan mavsum Dolberg Gollandiya chempionati 29 o'yinida maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 6 bor golli pas berdi, Evropa Ligasida esa yana oltita gol urishga erishdi. Bu mavsum esa futbolchi jarohatlar domiga tushib qoldi va optimal sport formasini tiklay olmayapti – 20 o'yinda 5ta gol.

SHunga qaramay, skautlar Dolbergni kuzatishda davom etmoqda. CHunki futbolchi juda yosh (20) va aqlbovar qilmas potencial sohibi. Jarohatlardan qutulib, iqtidoridan to'g'ri foydalansa jahon yulduzi chiqishi hech gap emas. Unchalik omadli bo'lmagan bir mavsumni deb skautlar Dolbergni o'z ro'yxatlaridan o'chirib yuborishmagani aniq.


Jastin Klyuyvert (“Ayaks”)
SHartnomasi 2019 yilgacha mo'ljallangan, narxi – 7,5 mln evro
Klyuyvert yaqin-yaqin vaqtlarda asosiy tarkibdan muqim o'rin ola boshladi va klubdagilarning undan umidi katta. Bir-ikki yil avval ko'pchilik uning amsterdamliklar yoshlar tarkibidagi harakatlaridan xayratlanib yurgandi. Hozir o'tmishning mashhur futbolchisi Patrik Klyuyvertning o'g'li katta futbolga shahdam qadam bilan kirib kelmoqda va 18 yoshligiga qaramay, yo'qolib qolmayapti. Istaymizmi, yoki yo'q unga boshqa top klublardan etibor bo'lishining sabablaridan biri albatta uning mashhur familiyasi, ammo Jastin shunga yarasha iqtidorli va maydonda ko'p foyda keltira oladi.  

Klyuyvertning sotib olinishi yangi jamoasiga nafaqat iqtidorli yosh futbolchini balki marketing borasida ham yaxshigina foyda keltiradi. Albatta, oddiy bir umidli yosh iqtidor sohibini sotib olinganidan ko'ra ko'proq etibor bo'ladi bu transferga. Bu mavsum Gollandiya chempionati doirasida Klyuyvert 27 o'yinda maydonga tushdi, 8ta gol urdi va 5 bor sheriklariga golli uzatma etkazib berdi. Yuksak iqtidor sohibi, ammo ro'yxatdagi boshqa futbolchilardan ko'ra, uzoqro vaqt Amsterdamda qolsa ajabmas. 


David Neres (“Ayaks”)
SHartnomasi 2021 yilgacha, narxi – 15 mln evro

“Ayaks” va golland futbolida kam uchraydigan holat. Neres o'tgan yoz “San-Paulu”dan nisbatan qimmatga sotib olingan. Amsterdamliklar har bir tiyinni hisoblab yuradilar va o'sha gollandlar Neres uchun 12 million evro sarflashga qaror qildilar. Bu klub tarixidagi ikkinchi eng qimmat transfer. Endi Daviddan klub qancha pul ishlamoqchiligini o'zingiz o'ylayvering. Va takidlash lozim, hozircha tahminlar o'zini oqlamoqda. Neresning narxi oshib bormoqda va uni Evropa top-klublari kuzatishmoqda. Ro'yxatda Londonning “Tottenxem” va turinning “Yuventus” jamoalari borligining o'zi futbolchiga jiddiy qarashimizga sabab bo'la oladi. 

Neres bu mavsum jamoa etakchilaridan biriga aylana oldi, Gollandiya chempionatida 29 o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 12 bor golli uzatma etkazib berdi. Yaqin orada uni ham boshqa bir chempionatda ko'rsak ajabmas.

Ko'rib turganingizdek Gollandiyada iqtidorlar kamaygan bo'lishi mumkin, ammo ular hamon topiladi...


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика