So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  1 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  1 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

Gollandiya. 1-tur sharhi. Ayaksning muvaffaqiyatsizligi va boshqa sensaciyalar Yangiliklar

Gollandiya. 1-tur sharhi. Ayaksning muvaffaqiyatsizligi va boshqa sensaciyalar

Lolalar yurtida yangi futbol mavsumiga start berildi.

O'tgan mavsumda «Ayaks»ning CHempionlar Ligasidagi ishtiroki sabab mazkur chempionatga qiziquvchilar soni sezilarli ravishda ortgandi. Oldingi gal chempion nomiga so'nggi turda oydinlik kiritilgandi. Yangi mavsum ham bizga ko'p narsalarni vada qilmoqda. Zero, chempionat medallarining amaldagi sohiblari dastlabki turdanoq ochko yo'qotib ulgurishdi.


«Ayaks» birinchi turdayoq ochko yo'qotdi
«Vitess» o'z maydonida amaldagi chempionni qabul qildi. Mavsumlar oralig'ida Hakim Ziyosh, Dushan Tadich, Lasse SHyone, David Neres, Donni van de Beklarni saqlab qola olgan «Ayaks»ning muvaffaqiyatini kutgandik. SHu kuni mehmonlar himoyasining markazida yangi tandem o'ynadi. Lisandro Martines (21 yosh) va Perr Sxyurs (20 yosh) tandemi uchrashuv mobaynida bir necha bor qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi. Jamoa himoya chizig'i judayam zaif ko'rindi. Mezbonlarning 2-goli muallifi Rishedli Bazur to'pni egallab olib, bemalol jarima maydonchasiga kirib kelib zarba bergunga qadar hech kim unga qarshilik qilolmadi. Ammo quvnoq hujum chizig'i ikktta to'p kiritib, durangni taminladi. «Real»ga o'tishi tahmin qilinayotgan Doni van de Bek gol urishdan tashqari, Dushan Tadichning goliga hammualliflik qildi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Jamoa etakchisi Deyli Blind esa tayanch zonasidagi faolligi bilan ajralib turdi.

Vitesse

Matus Bero - 13', Riechedly Bazoer - 55'

Eredivisie . 1-tur

03/08/2019, 21:30

2
:
2
Tugadi

Ajax

Donny van de Beek - 30', Dusan Tadic - 75'

Stadion: Gelredome, 18100 tomoshabin

Bosh hakam: Bas Nijhuis

45'
90'
13'  Matus Bero
13'  Vyacheslav Karavaev
23'  Matus Bero
55'  Riechedly Bazoer
55'  Max Clark
61'  Tim Matavz (Jay-Roy Grot)
66'  Oussama Tannane (Hillary Gong)
79'  Thulani Serero (Charly Musonda)
82'  Riechedly Bazoer
85'  Riechedly Bazoer
30'  Donny van de Beek
30'  Hakim Ziyech
69'  Hakim Ziyech (Quincy Promes)
69'  Razvan Marin (Noussair Mazraoui)
71'  Joel Veltman
73'  Nicolas Tagliafico
74'  Daley Blind
75'  Dusan Tadic
75'  Donny van de Beek
82'  Kasper Dolberg (David Neres)

 




PSV va «Feynoord» debyutantlarini mag'lub etolmadi

«Tvente» maydonida mehmon bo'lgan eydxovenliklar 1:1 hisobi bilan ortga qaytishdi. Dastlab, mezbonlar vakili Keito Nakamura qanotdagi reydidan so'ng, o'zining superzarbasi bilan hisobni ochdi. 2000 yilda tug'ilgan yaponiyalik futbolchi «samuraylar»ning yangi yulduziga aylansa, ajab emas. Bizning 19 yoshli futbolchilarimiz uchun Superligamiz klublarining asosiy tarkibida joy topilmayotgan bir paytda havas qilsa, arzigulik natija. 65-daqiqada burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llagan Dyumfris Mark van Bommel jamoasiga bir ochko keltirdi. Umidli yaponiyalik futbolchi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

FC Twente

Keito Nakamura - 8'

Eredivisie . 1-tur

03/08/2019, 23:45

1
:
1
Tugadi

PSV Eindhoven

Denzel Dumfries - 65'

Stadion: De Grolsch Veste, 27200 tomoshabin

Bosh hakam: Serdar Gozubuyuk

45'
90'
8'  Keito Nakamura
8'  Jose Matos
66'  Lindon Selahi (Giorgi Aburjania)
71'  Keito Nakamura (Rafik Zekhnini)
83'  Godfried Roemeratoe (Julio Pleguezuelo)
89'  Julio Pleguezuelo
61'  Bruma (Cody Gakpo)
62'  Gaston Pereiro (Mohammed Ihattaren)
65'  Denzel Dumfries
65'  Cody Gakpo
76'  Denzel Dumfries
84'  Erick Gutierrez (Olivier Boscagli)


"Tvente" azosi Keito Nakamura




Yap Stam boshchiligidagi «Feynoord» esa o'z maydonida yana bir debyutant Rotterdamning «Sparta» klubini qabul qildi. Qiziq tomoni shundaki, oson g'alaba qozonishi kutilgan mezbonlar 90+4-daqiqada Sem Larson kiritgan gol evaziga bazo'r bir ochkolik bo'lishdi xolos.

Feyenoord

Steven Berghuis - 66', Sam Larsson - 90'

Eredivisie . 1-tur

04/08/2019, 17:30

2
:
2
Tugadi

Sparta Rotterdam

Mohamed Rayhi - 49', Lars Veldwijk - 74'

Stadion: de Kuip, 41000 tomoshabin

Bosh hakam: Danny Makkelie

45'
90'
62'  Eric Botteghin
62'  Luis Sinisterra (Sam Larsson)
64'  Dylan Vente (Luciano Narsingh)
66'  Steven Berghuis
66'  Ridgeciano Haps
88'  Eric Botteghin (Naoufal Bannis)
90'  Orkun Kokcu
90'  Sam Larsson
90'  Luciano Narsingh
44'  Jurgen Mattheij
49'  Mohamed Rayhi
49'  Bryan Smeets
61'  Halil Dervisoglu (Lars Veldwijk)
72'  Abdou Harroui (Deroy Duarte)
73'  Deroy Duarte
74'  Lars Veldwijk
74'  Ragnar Ache
76'  Ragnar Ache (Laros Duarte)


"Feyenoord" ustozi Yap Stam



Gollandiya chempionati
1-tur natijalari

Zvolle - Villem II 1:3
Vitess - Ayaks 2:2
Emmen - Groningen 0:1
Venlo - RKS Valveyk 3:1
Tvente - PSV 1:1
Xerakles - Xerenven 0:4
Feyenoord - Sparta 2:2
Ado Den Xaag - Utrext 2:4
AZ Alkmaar - Fortuna 4:0




To'purar: Vangelis Pavlidis (Villem II) - 2ta gol


CHempionat to'purari Vangelis Pavlidis



Gollandiya chempionati
2-tur juftliklari
9 avgust

Sparta - Venlo
10 avgust
Ayaks - Emmen
Groningen - Tvente
PSV - Ado Den Xaag
Villem II - Vitess
11 avgust
RKS Valveyk - AZ Alkmaar
Utrext - Zvolle
Fortuna - Xerakles
Xerenven - Feyenoord

Fahriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика