"Golden Boy" sovrini uchun so'rovnomada hozircha kim etakchi? Bu de Ligt emas
15 iyu 2019 23:25
Yangiliklar


"Golden Boy" sovrini uchun so'rovnomada hozircha kim etakchi? Bu de Ligt emas
Tuttosport nashri Evropaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan Golden Boy sovrini uchun so'rovnomani davom ettirmoqda.
Hozirgacha 65 mingdan ziyod muxlis ovoz bergan bo'lib, unda «Trabzonspor» yarim himoyachisi Omar Abdulqodir etakchilik (12 mingdan ko'p ovoz, 18 %) qilmoqda. Undan keyingi o'rinda esa «Real» kiperi Andrey Lunin (12 % ovoz) bormoqda.
Ushbu sovrinning o'tgan yilgi g'olibi «Ayaks» sardori Matteys de Ligt hisobida atigi 4 % ovoz bor.
Umumiy ro'yxat bilan esa nashrning rasmiy sayti orqali tanishishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar