Golden Boy-2019. Yuz nomzoddan 40 nafari qoldi
25 sen 2019 00:30
Yangiliklar


Golden Boy-2019. Yuz nomzoddan 40 nafari qoldi
Tuttosport nashri Evropaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lish uchun nomzodlarning 100 futbolchidan iborat ro'yxatni elon qilgani haqida xabar bergandik.
Bugun, ovoz berish natijalariga ko'ra davogarlar soni qisqartirilib, 40 nafarga etdi.
Ularning orasida Matteys de Ligt («Yuventus»), Jeydon Sancho («Borussiya D»), Joau Feliks («Atletiko»), Kay Xaverts («Baer»), Janluiji Donnarumma, Rafael Leau (ikkalasi – «Milan»), Filip Foden («Manchester Siti»), Matteo Genduzi, Ris Nelson (ikkalasi – «Arsenal»), Meyson Maunt («CHelsi»), Erling Xoland («Red Bull Zalsburg»), Moyze Kin («Everton»), Jastin Klyuyvert, Nikolo Zanyolo (ikkalasi – «Roma»), Rodrigo Goes, Vinicius Junior (ikkalasi – «Real»), Andrey Lunin («Valyadolid»), Alban Lafon («Nant»), Benua Badiashile («Monako»), Bubakar Kamara («Marsel») kabi nomlarni ko'rish mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar