So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  1 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  10 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

Gol nishonlash - bu haqiqiy sanat. Uning evolyuciyasiga nazar Yangiliklar

Gol nishonlash - bu haqiqiy sanat. Uning evolyuciyasiga nazar

Raqslar, salto, o'ziga xos imo-ishoralar. Qay biri sizni o'ziga rom etadi?

Zamonaviy futbolda o'yinchilar golini turlicha nishonlaydi va unda qandaydir mano yashirindek, go'yo — raqsga tushishadi, musiqiy videolar va mashhurlarga taqlid qilishadi, yaqinlari va muxlislariga salom yo'llashadi. Bunday holatlar 90-yillarga qadar deyarli bo'lmagan. 50-60-yillarda futbolchilar golni oddiygina nishonlashgan — qo'l ko'tarib, maydonda bir necha metr yugurib, quchoqlashib, eng ko'pi — osmonga sakrab.

Bunga yorqin misol, Alfredo Di Stefano Evropa chempionlari Kubogi-1959/60 yarim final bosqichida "Barsa" darvozasiga urgan golini qo'l ko'tarib nishonlaydi.

Eysebio esa urgan to'pini sakragan holatda nishonlashni yoqtirardi. Bu JCH-1966da Bolgariya darvozasini ishg'ol qilganidan so'ng:


Bu esa futbol qiroli — Pele.

JCH-1970 finalida braziliyalik o'z hissiyotlari yashirolmadi. Italiya termasi darvozasiga urilgan birinchi goldan keyin u Jairzinoning ustiga sakrab chiqadi va qo'llarini musht qiladi. Bu esa Jahon chempionati tarixidagi eng ajoyib kadrlardan biri bo'lib yodimizda qoldi. Jairzino turnirda Braziliya termasining eng yaxshi to'purari (7 gol), Pele esa yagona uch karra jahon chempioni bo'ldi.


70-yillarda o'yinchilar sobiq jamoasiga urgan golini nishonlamagan. Denis Lou o'shanda "MYU"ga gol urgandi

Hozir ham futbolchilar sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol qilganida golni ko'pincha nishonlamaydi. Bunday holat ilk bor "Manchester Yunayted" afsonasi Denis Lou bilan sodir bo'lgan edi. 

1973 yil Lou "Manchester Siti"ga qaytadi. "Siti" 1973/74 mavsumning so'nggi bahsida "Old Trafford"da "MYU"ga qarshi o'ynashi kerak edi. Louning sobiq klubi jon saqlash uchun kurashardi. Lou esa "Man Yunayted" oliy diviziondan tushib ketishiga sababchi bo'lib qolishni istamasdi. Ammo Lou ham barcha futbolchi kabi g'alaba qozonish uchun maydonga tushadi va avtomat tarzda g'alaba golini urib qo'yadi. SHundan so'ng, u afsuslangan holda boshini egadi va maydon markazi tomon ohista yura boshlaydi. Birozdan keyin zaxira o'rindig'idan joy oldi. Etiborlisi, ushbu uchrashuv uning klub faoliyatidagi so'nggi o'yini bo'ldi.

"Yunayted" elitadan tushib ketdi, biroq Louning birgina goli tufayli emas. "MYU"ning taqdirini boshqa uchrashuvlar hal qilib qo'ydi: "Birmingem" "Norvich"ni mag'lub etdi, "Vest Xem" esa "Liverpul" bilan durang o'ynadi. Hattoki, "Yunayted" o'sha bahsda g'alaba qozongan taqdirda ham, raqiblariga eta olmagan bo'lardi.

SHotlandiyalik qattiq afsus chekdi: "Men 19 yil davomida bor kuchim bilan raqib darvozasini ishg'ol etishga harakat qildim. Bu uchrashuv esa men gol urmaslikni istagan yagona o'yinim bo'ldi".

Yana bir yorqin misol — Batistuta. U 2000 yilda "Fiorentina"dan "Roma"ga o'tadi va Italiya chempioni bo'ladi. Argentinalik sobiq klubiga qarshi uchrashuvda hushtak chalinishiga etti daqiqa qolganda gol uradi va o'zini yig'idan to'xtatolmaydi.

SHuningdek, futbolchilar biror bir o'yinchiga bo'lgan hurmati tufayli ham gol nishonlamagan paytlar bo'lgan. Tim Xovard va Asmir Begovich — APL tarixida gol urishga muvaffaq bo'lgan to'rtinchi va beshinchi darvozabonlar. Tim 2012 yil, Asmir esa 2013 yilda buning uddasidan chiqqandi. Ammo har ikkisi ham raqib jamoa posboniga bo'lgan hurmat tufayli urilgan to'pni nishonlashmagan.

Bugungi kunda esa sobiq klubiga urilgan golni nishonlamaslik bilan hech kimni lol qoldirib bo'lmaydi. Agar eng mashhur misollarni yodga oladigan bo'lsak, bunday ishni Lempard, Falkao, Torres, Ronaldu, Beyl, Remzi, Lukaku, Rakitich, Iguain, Getce, Salah qilgan. Lekin hamma ham bunda qandaydir mano bor deb hisoblamaydi.

"Futbol — bu o'yin, hissiyotlar. Agar gol ursam uni nishonlayman. Albatta, PSVga bo'lgan hurmatim cheksiz, u erda 10 yil o'ynadim. Lekin hozir "MYU" futbolchisiman", — degandi Memfis Depay 2015 yilgi CHempionlar Ligasi o'yinidan avval.

Kelasi kun Depay gol uradi va buni nishonlaydi.

2015 yilda Uelbek "Old Trafford"da bo'lgan uchrashuvda g'alaba to'pini kiritadi va "MYU"ni Angliya Kubogi o'yinlaridan chiqarib yuboradi. "Yunayted" tarbiyalanuvchisi hissiyotlarini ushlab turolmadi va:

Sobiq jamoaga urilgan golni nishonlash bo'yicha eng taniqli holatlardan biri — Adebayor 2009 yil sentyabrda "Arsenal" darvozasiga joylagan to'pidir. "Man Siti"ga o'tgan Emmanuel londonliklarga gol urdi. So'ng butun maydon bo'ylab yugurib, "Arsenal" muxlislari tribunasi yonida o'ziga xos harakatlar qilib, xursandchiligini yashirmadi. Natijada janjal boshlandi, boshqaruvchilardan biri jabr ko'rdi. Bunday ish uchun Futbol Associaciyasi Adebayorni 2ta o'yindan chetlatdi hamda unga 25 ming funt jarima soldi.

Oradan ikki yil o'tib, forvard "Tottenxem"ga bordi va "Arsenal" ishqibozlarini yanada g'azablantirdi. Biroq endi golni bunday nishonlamasligini aytdi: "Qilgan ishimdan afsusdaman. Uzr so'rayman, biroq bu nimanidir o'zgartiradi deb o'ylamayman. Agar gol urish imkonim bo'lsa, uraman. Lekin nishonlashga kelsak, to tirik ekanman bunday qilmayman".


80-yillardan keyin esa futbolchilar salto qila boshladilar. Hindistonda salto tufayli futbolchi olamdan o'tgan

O'sha yillardagi eng esda qolarli o'ziga xos harakatlardan biri meksikalik to'purar Ugo Sanchesning salto qilishi bo'lgan. U o'z quvonchi bilan bo'lishish vaqtida akrobatik tryuklar amalga oshirgan birinchi futbolchi bo'lgan. Quyida JCH-1986da olingan suratni tomosha qilishingiz mumkin:

"SHaxter"dagi o'yinlari bilan mashhur bo'lgan nigeriyalik forvard Julius Agaxova ham saltosi bilan yodimizda qolgan. U JCH-2002da SHveciya darvozasiga urgan golidan so'ng, ketma-ket 6ta salto qilib, barchani lol qoldirgan.

Miroslav Kloze ham salto qilishni juda yoqtirardi. Quyidagi rasm JCH-2014da Gana termasi darvozasini ishg'ol qilganidan so'ng olingan:

Kulbit (havoda umbaloq oshish) Obameyangning fishkasiga aylangandi.

Tabiiyki, bulardan jarohatlarsiz o'tish qiyin edi. 2006 yil "Portsmut"ning kongolik forvardi Lomana Lua-Lua "Arsenal"ga urgan golini salto qilib nishonladi. Natijada oyog'i jarohatlandi. SHundan so'ng klub o'yinchiga bunday o'ziga xos harakatlar qilishni taqiqlab qo'ydi.

Ochig'i, bundan ham achinarli misollarni aytish mumkin. 2014 yil 23 yoshli hindistonlik futbolchi Piter Biaksangzuala ikki marta salto qilib golini nisholamoqchi bo'ldi, ammo biroz noto'g'ri harakat tufayli umurtqa pog'onasi sindi va o'sha erning o'ziga vafot etdi.


Raqslar ham muhim jihatlardan biri. Bu usulni JCH-1990da Roje Milla boshlab bergandi. Undan keyin Ronaldino, Krauch, Starrij va boshqalar davom ettirgan

Ugo Sanchesning saltosi — 80-yildagi noyob ishlardan biri bo'ladi. O'n yillar o'tib, futbolchilar original tarzda gol nishonlay boshladilar. Ehtimol, televidenie paydo bo'lgani bunga sabab bo'lgandir?!

JCH-1990da nafaqat chorak finalgacha chiqqan Kamerun termasi, balki 38 yoshli forvard Roje Milla ham ko'pchilikning yodida qoldi. U turnirda 4ta gol urdi va har safar burchak bayrog'i yonida o'zgacha raqs bilan golini nishonlagan. Ha, bugungi kunga kelib bu usul ham hech kimni hayratlantirmay qo'ydi. Ko'plab futbolchilar raqsga tushib xursandchiliklarini izhor etgan, ammo u paytlar bu narsa anchagina muxlisni lol qoldirardi.

Hattoki, oradan 20 yil o'tib kamerunlikning goli JCH-2010 Coca Cola reklamasini ochib bergandi. Bu paytga kelib raqslar futbolning muhim nishonlashlar qatoridan joy egallab ulgurgan edi. Ronaldino samba raqsiga tushgan. Piter Krauch esa robotga xos harakatlar bilan ko'pchilikning yodida qolgan. Starrij esa o'ziga xos raqs o'ylab topgan, buni hatto Klopp ham takrorlashga harakat qilgan edi.

Nishonlashlarning eng original turi — jamoaviy raqslardir. Bunday usul Janubiy Amerika va Afrika jamoalariga xos edi. Quyida JCH-2010dagi Janubiy Afrika termasining surati:

Bu esa JCH-2014. Kolumbiya terma jamoasi:

Xuddi o'sha turnirda Gana terma jamoasi:


Oilaviy nishonlashlar: Bebeto o'zini chaqaloq tebratayotgandek tutgan, Totti barmog'ini tishlagan, Raul esa nomsiz barmog'ini o'pgan

Jahon CHempionati-1994 ommaga yana bir ajoyib nishonlash usulini tuhfa etdi. Braziliyalik Bebeto birinchi marta qo'lida chaqaloq ushlab turgandek ko'rinishda golini nishonladi.

Bir necha soniyadan so'ng unga Mazino va Romario ham qo'shildi. Bebeto o'yindan bir necha kun avval o'g'li Matteus (Lotar Matteusga havas qilib qo'yishgan)ni dunyoga kelganini shu yo'l bilan bayram qilgan. Etiborlisi, o'g'li ham futbolchi bo'ldi va hozirda Portugaliyaning "Vitoriya" klubi safida to'p tepadi. 

"SHu farzandim tug'ilganida o'yinim borligi tufayli ayolimning yoniga bora olmagan edim. SHu yo'l bilan qilgan aybimni oqlamoqchi bo'lganman", — yodga oladi Bebeto.

Bebetoning "imo-ishorasidan" keyin chaqaloqlar dunyoga kelishi bilan bog'liq yana ikkita nishonlash turi paydo bo'ldi. Bazi o'yinchilar to'pni futbolkasi ichiga solib oldi, bazilari esa bosh barmog'ini og'ziga soldi va chaqaloq ko'rinishida golini nishonladi. Masalan, Franchesko Totti.

Yana bir oilaviy nishonlashlardan biri nikoh uzugi taqilgan barmoqni o'pish edi. Raul ham urgan gollarini shu tarzda nishonlagan.


90-yillarda futbolchilarning o'zgacha imo-ishoalari paydo bo'ldi. Ronaldu, Beyl, Lingard ularni brendga aylantirdi

90-yil boshlaridan futbolchilar urgan gollarini nafaqat oila azolari, siyosat va dinga bag'ishladilar, balki o'zlarining "shaxsiy imo-ishoralarini" ham yaratdilar. Alan SHirer kaftini ko'targan holda quvonchini oshkor etadigan bo'ldi. Bu judda oddiy ko'rinish, ammo agar APL tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lsangiz, ortiqcha harakatlarning ham keragi yo'q ekan.

Batistuta pulemetdan o'q uzishni yaxshi ko'rardi:

Ronaldinoning mashhur ko'rinishi:

Luka Toni kaftini quloqlari atrofida aylantirgandi:

Del Pero tilini chiqargan:

Fabricio Ravanelli maykasini boshiga kiyib olardi. Hozirgi kunda shunday qilsangiz bormi, hakamdan sariq kartochkani oldim deyavering.

Drogba tizza bilan o'tirgan holda nishonlagan:

Kaka osmonga qaragan — yaratganga bo'lgan ishonch ramzi:

Messi ham shu ko'rinishda gollarini nishonlaydi. "Bunday qilishimga sabab, urgan gollarimni buvimga bag'ishlashimdir. Futbolga qadam qo'yishimga ular sababchi bo'lgandilar, ammo endi qay darajaga etganimni ko'ra olmayaptilar. Biroq qalban hamon men bilan birgalar", — deydi Leo.

Anelka qo'llarini kapalak ko'rinishida birlashtirgan:

SHuningdek, ko'plab o'yinchilar yurak aksini ko'rsatishgan. Biroq bu ramzni eslasak, Beyl yodimizga tushaveradi. Yurak aksi Beylning savdo belgisi sifatida qo'llanilar ekan. 2013 yil sport marketingi bo'yicha mutaxassis Naydjel Karri futbolchi ushbu g'oyasi uchun yiliga 3 mln funt topishi mumkinligini aytgandi.

Ronaldu o'girilib sakrashi va "Si" deb baqirishi — bu ham brendga aylangan nishonlash turlaridan biri. Ammo bu rejalashtirilgan harakat emasdi.

Krishning so'zlariga qaraganda, ushbu sakrash 2013 yil AQSHda bo'lib o'tgan "Real"ning "CHelsi"ga qarshi mavsumoldi uchrashuvida sodir bo'lgan ekan: "Bu qanday bo'lganini bilmayman. Men shunchaki gol urdim va shunchaki sakradim. Bu ko'rinish menga yoqdi va yana shunday qila boshladim. Qolaversa, muxlislarimga ham xush kelganini sezdim va takrorlashda davom ettim. Axir "eng yaxshi narsalar tabiiy ravishda sodir bo'ladi" deb ko'p aytaman-ku".

Lingard ham Krish va Beylning izidan bordi va o'zgacha nishonlash turi tufayli pul topa boshladi. U barmoqlarini "J" va "L" ko'rinishida qilib, golni nishonladi. Bu usul savdo belgisiga aylandi. Agar kimdir bunday usuldan foydalanmoqchi bo'lsa, marhamat! Hech qanday muammo yo'q. Ammo bu imo-ishoradan mahsulotlarda foydalanishsa, faqatgina Lingard undan ulush olishi mumkin.

Bu esa Pogbaning 2015 yilda paydo bo'lgan o'zgacha imo-ishorasi:


Pop-madaniyat va nishonlash usullari

Bugungi kunda futbolchilar qatorasiga hammani ilhomlantirmoqda. Xip-xopdan tortib, video-o'yinlargacha. 

Masalan, Grizmann o'ziga xos raqs uslubini kompyuter o'yini "Fortnite Battle Royal"dan olgan. "Take the L" harakati ("Mag'lubiyatni qabul qilib ol") — yutqazgan raqib jamoani ochiqchasiga mazxara qilish bo'lgan.

Mbappe o'zining mashhur harakatini kichik ukasidan "o'g'irlagan" ekan. "Sizlari xafa qilaman. To'g'risini aytsam, bu harakatni men o'ylab topmaganman, — deydi Kilian. — Ukam bilan PlayStation o'ynaganimizda, u gol urgan vaqti shunday nishonlar edi. Bu harakat menga juda yoqqan va takrorlaganman".

Dibalaning "maskasi". "Men televizor orqali "Gladiator" filmini tomosha qilgandim. SHundan so'ng, gol ursam endi shunday nishonlayman deb niyat qilib qo'ygandim. Bu gladiatorning maskasi", — deydi Paulo.

Futbol olamidagi asosiy gladiator Franchesko Totti 2015 yil bo'lib o'tgan Rim derbisida futbol tarixidagi eng mashhur selfiga tushdi.

Roys raqib darvozasini ishg'ol qilganidan so'ng, reper Jay-Zning imo-ishorasini ko'rsatdi. "U menga juda ham yoqadi, ajoyib musiqalar yozadi. U olmosni eslatadigan ushbu ishorasini qo'l bilan ko'rsatardi", — dedi nemis 2013 yilda.

Remi Kabella va Romen Alessandrini francuz reper JULning imo-ishorasiga taqlid qildilar. Benjamen Mendi va Riyad Marez ham deyarli shunday tarzda golni nishonlagandi.

Kundan-kunga original nishonlash usullari bilan muxlislarni hayron qoldirish qiyin bo'lib bormoqda. Aftidan, futbolchilar maydondagi hamma ishni qilib bo'ldilar, shekilli. SHunday deymiz-u, ammo 2018 yili Dele Alli buning uddasidan chiqdi. Uning imo-ishorasini har kim ham takrorlay olmaydi. Biroq muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda turli fleshmoblar qilib, videolar tarqatishgan edi.

Gollarni nishonlash evolyuciyasi uzoq tarixga borib taqaladi: oddiy sakrash, quchoqlashish va qo'l ko'tarishdan tortib, brendga aylangan harakatlar hamda biror kimdan ilhomlanib amalga oshirilgan taqlidlargacha.

Ochig'i, birgina materialga butun futbol tarixidagi eng qiziqarli nishonlash usullarini joylashtirishning iloji yo'q. SHuning uchun, siz ham o'z fikrlaringiz bilan bo'lishing. Xo'sh, qaysi futbolchi gol urgandan keyingi harakati sizni lol qoldirgan yoki ilhomlantirgan? Siz do'stlaringiz bilan futbol o'ynab, gol urganingizda uni qanday nishonlashni yoqtirasiz? :)


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика