So’nggi yangiliklar

11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  1 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  7 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1

Godvin CHika Okvara: “Olimpik” bilan o'yinda o'z darajamizda o'ynay olmadik” Yangiliklar

Godvin CHika Okvara: “Olimpik” bilan o'yinda o'z darajamizda o'ynay olmadik”

2021 yilgi mavsum yakunlangach Muborakning “Mashal” klubi Superligaga o'tish uyinida Pro liganing “Olimpik” jamoasiga mag'lub bo'ldi.

SHu tariqa, muborakliklar kelgusi yildan faoliyatini Pro-Ligada davom ettiradi. Yakunlangann mavsum borasida jamoaning yana bir legioner futbolchisi Godvin CHika Okvara bilan suhbatlashdik. 

- “Olimpik”dan uchralgan mag'lubiyat borasida fikringiz?

- To'g'risi, biz shu kuni o'z darajamizda olmadik. “Olimpik” Pro-liga ishtirokchisi bo'lishiga qaramay, yaxshi o'ynadi va haqli ravishda g'alabani qo'lga kiritdi. Biz Superligada qolishni maqsad qilgandik. 

- Eshitishimizcha, jamoa haligacha maosh bermayapti ekan?

- Afsuski ha. Maosh va mukofat pullarimizni olganimizcha yo'q.

- Aytingchi, “Mashal” faoliyatingizdagi eng katta jamoa hisoblanadimi?

- O'zbekistonga kelgunimga qadar faoliyatim davomida Seyshel orollari, Nigeriya, Efiopiya va Togo kabi mamlakatlarda to'p tepganman. “Mashal” esa ular orasida mavqei jihatidan katta jamoa deyishim mumkin. Biroq Efiopiyada ham yaxshi jamoada o'ynaganaman va u erdagi faoliyatimdan qoniqish hosil qilganman. O'zbekistonda esa futbol ancha yaxshi rivojlangan. Menga u erda to'p tepish juda yoqdi. 

- Keyingi rejalaringiz qanday?

- Ayni vaqtda agentim yangi jamoa topish bo'yicha bir nechta klublar bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Tez orada yangi jamoa nomi malum bo'ladi. Agar O'zbekistondan taklif bo'lsa, ko'rib chiqqan holda shu erda qolgan bo'lardim.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика