Godin: “Xatolarimizdan xulosa chiqaramiz”
14 iyu 2020 09:11
Yangiliklar


Godin: “Xatolarimizdan xulosa chiqaramiz”
“Inter” himoyachisi Diego Godin A Ceriya 32-turi doirasida “Torino”ga qarshi bahsdan so'ng (3:1) fikrlari bilan bo'lishdi.
“Imkoni bor har qanday yo'l bilan bo'lsa ham g'alaba qozonish muhim. O'yin biz kutgandek boshlanmadi. Ammo baribir ortga nazar tashlamaymiz. Buning o'rniga tanqidlarni qabul qilgan holda o'z xatolarimizdan xulosa chiqaramiz. Bizda ikkinchi o'rinda qolish uchun hamma narsa bor va buni amalga oshirish uchun borimizni beramiz. Endi esa biz “Yuventus”ga yaqinroq bo'lish uchun har bir bahsda g'alaba qozonishni o'ylashimiz kerak. O'yindan o'yinga olg'a borish kerak. Ko'ramiz, oxirida “Inter” qaerda bo'lar ekan”, — deydi Godin.
O’xshash yangiliklar
08:50
MLS. 8 ta gol urilgan uchrashuvda "Inter Mayami" mag'lubiyatga uchradi, Suares ikkita gol urdi 46

Fikrlar