Godin: "Men bir necha bor Kavaniga qo'ng'iroq qildim va u "Atletiko"da mamnuniyat bilan o'ynagan bo'lardi"
Aslanov Jasurbek
17 may 2016, 13:14
"Atletiko" himoyachisi Diego Godin PSJ hujumchisi Edinson Kavanini ispan klubiga o'tishga undayotganini aytdi.
"Unga bir necha marotaba qo'ng'iroq qilib, uni "Atletiko"ga o'tishga undadim. Unga jamoamizning uslubi juda yoqadi va Kavani mamnuniyat bilan "Atletiko"da o'ynagan bo'lardi" - deydi Godin.