Goal.com: "Eplmanager"ning so'nggi ligalarida Indoneziya, Malayziya va O'zbekiston etakchi
13 jan 2017 13:45
Yangiliklar
Goal.com: "Eplmanager"ning so'nggi ligalarida Indoneziya, Malayziya va O'zbekiston etakchi
100dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etayotgan ushbu o'yinda dekabr oyida 3 ta sovrinli liga yakuniga etdi. Ularning barchasida raqobat juda kuchli edi.
G'OLIBLAR
4 ta tur davom etgan "Jet Black League" dekabrda yakun topdi. Ushbu sovrinli ligada indoneziyalik va o'zbekistonliklarning raqobatiga guvoh bo'lishingiz mumkin. Malayziyaning faqat bir jamoasi kuchli o'nlikka kirdi. 22 mingdan ortiq ishtirokchi ro'yxatdan o'tgan ushbu liga O'zbekiston vakili Akmalbek Ahmedov g'alabasi bilan yakunlandi.
16 ming ishtirokchi qatgashgan "iPlay League" 5 tur davom etdi va bu ligada ham o'zbekistonliklar sovrinlar uchun jiddiy kurash olib borishdi. Liga bosh sovrini indoneziyalik Vohid Vohidinga nasib etdi, qolgan sovg'alarni o'zbekistonliklar ilib ketishdi.
CHeklangan miqdordagi ishtirokchilar qatnasha oladigan "VIP League II"da Malayziya fuqarosi Hussairi Bin Taib g'olib bo'ldi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarga ham qimmatbaho sovg'alar nasib etdi.
Ertaga yana yangi "League 17" sovrinli ligasi ishga tushmoqda.
Eplmanager: Yangi "League 17" sovrinli ligasi haqida
Manba: "Eplmanager"ning so'nggi ligalarida Indoneziya, Malayziya va O'zbekiston etakchi
Fikrlar