Goal.com: Abramovich Mourinoga vaziyatni o'nglash uchun 2 hafta berdi
27 okt 2015 08:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/186841_original.jpg)
![](/upload/storage/186841_220.jpg)
Goal.com: Abramovich Mourinoga vaziyatni o'nglash uchun 2 hafta berdi
CHelsi ustozi Joze Mourino 7 noyabrga qadar o'z lavozimidan ketmaydi.
London klubi rahbari Roman Abramovich va rahbariyat murabbiyning keyingi taqdirini terma jamoalar o'yinlari tufayli bo'ladigan tanaffus vaqtida hal qilib olishadi. Ayni paytda CHelsi ECHLga yo'llanma beradigan o'rindan 9 ochkoga ortda qolmoqda.
Agar Mourino ishdan bo'shatilsa uning o'rniga keladigan murabbiy mavsum oxirigacha jamoada ishlaydi. Asosiy nomzodlar sifatida Xosep Gvardiola va Diego Simeone aytilmoqda. Biroq bu murabbiylar 2016 yil yozidagina Londonga kelishlari mumkin.
CHelsi keyingi o'yinni 31 oktyabr kuni Liverpulga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
09:15
O'rtoqlik uchrashuvi. "Manchester Siti" - "CHelsi" 4:2, Gollarning uchtasini Holland "mixladi" 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar