So’nggi yangiliklar

19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  1 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  2 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  3 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  5 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  6 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  7 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  29 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Go Oiva: "Ertaga O'zbekistonga muxlislik qilaman" Yangiliklar

Go Oiva: "Ertaga O'zbekistonga muxlislik qilaman"

Xabaringiz bor yurtimizda U-23 Osiyo kubogi bahslari yakunlanmoqda va bir necha soatlar oldin ushbu turnirning 3-o'rin uchun Yaponiya - Avstraliya (3:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida Yaponiya jamoasi bosh murabbiyi Go Oiva va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Daiki Matsuoka ishtirok etishdi.

-O'ylashimcha Yaponiya jamoasi bugun turnirdagi o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatdi. Muvaffaqiyatli o'yin ideal reja asosida ishlangani uchun ro'y berdimi?

-Yarim finalda mag'lub bo'lganimizdan shok holatiga tushib qoldik. CHunki ushbu turnir chempioni bo'lmoqchi edik. Ushbu o'yinga tayyorgarlik ko'rayotganda shogirdlarimga o'zlarini qo'lga olishi kerakligini tushuntirdim. Futbolchilar gaplarimdan yaxshi hulosa chiqarganini ko'rdim va bundan mamnunman. Bu turnirda 3-o'rinni qo'lga kiritdik va minimum vazifamizni uddaladik.

-Bu erda 20 kundan beri istiqomat qilyapsiz. Aytingchi bizning yurtimizda sizga nima yoqdi va nima yoqmadi?

-Birinchi o'rinda shuni aytishim kerak, o'zbek xalqi juda mehmondo'st ekan. Men O'zbekiston futbol associyasiga va barcha tashkilotchilarga rahmat aytib qolaman. Ular bu turnirda hammasi alo bo'lishi uchun juda ko'p ter to'kishdi. Albatta sizga (tah. saytimiz muhbiri Uchqun Azimov) bizga shunday ajoyib savollar berib, biz bilan har doim muloqotda bo'lganingiz uchun rahmat aytaman. Umid qilamanki bu erga yana boshqa turnirlarda qatnashish uchun qaytamiz.

-Jamoangiz O'zbekiston bilan o'ynadi va mag'lub bo'ldi. Murabbiy sifatida bu jamoaning kuchi qanchalik ekanligini bilasiz. Sizning fikringizcha ertaga finalda kim g'alaba qozonadi?

-Tan olaman yarim finalda bizga juda qiyin bo'ldi. Kim g'alaba qozonishini bilmayman, ammo O'zbekistonga muxlislik qilaman.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика