Gnabri "CHelsi" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin: "London hamon qizil"
26 fev 2020 16:12
Yangiliklar
Gnabri "CHelsi" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin: "London hamon qizil"
"Bavariya" yarim himoyachisi Serj Gnabri ECHL 1/8 final dastlabki o'yini doirasida "CHelsi" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0)dan keyin tvitter sahifasida o'zgacha post qoldirdi.
Serjning o'zi jamoasining uchta golidan ikkitasiga mualliflik qildi.
"London hamon qizil", - deb yozdi 24 yoshli futbolchi o'zining tvitter sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Gnabri faoliyatini "Arsenal"da boshlagan va "kanonirlar" sharafini 2012 yildan 2016 yilgacha himoya qilgan. "To'pchilar" Londonning boshqa bir jamoasi "Tottenxem" bilan principial raqib hisoblanishadi, shuningdek "CHelsi" bilan ham yaxshigina raqobat bor. O'tgan yilning oktbyar oyida "Bavariya" "shporlar"ni ham Londonda sharmanda qilishgan (7:2, Serj 4ta gol urgan) va o'shanda ham Gnabri raqib muxlislarini troll qilgandi.
Venger: "Gnabrining "Arsenal" bilan kelishuvi bor edi, "Bavariya" esa uni "o'g'irlagan"
London still red.. #FCB pic.twitter.com/3108THrtzv
— Serge Gnabry (@SergeGnabry) February 25, 2020
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar