Gnabri “Bavariya”dan ketmoqchi

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2017, 01:20
“Bavariya” yarim himoyachisi Serj Gnabri Myunxen klubida qolmoqchi emas.

Futbolchi o'z agenti orqali “Bavariya” direktorlar kengashi rahbari Karl Xaync Rummeniggega murojaat qilib, yangi mavsumda boshqa jamoada ijara asosida to'p tepish niyatida ekanligini ma'lum qildi.

“Biz bu voqeaga xotirjam munosabatda bo'lamiz. Bu transfer bozoridagi qanday harakat qilishimizga bog'liq bo'ladi”, deydi Rummenigge.

“Bavariya” yaqinda ushbu futbolchini “Verder”da sotib olgandi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Associated Press