Glen Jonson APLda kim to'purar bo'lishini taxmin qildi
01 okt 2021 21:37
Yangiliklar
Glen Jonson APLda kim to'purar bo'lishini taxmin qildi
Angliyalik sobiq himoyachi Glen Jonsonning fikricha, Romelu Lukaku to'purarlar poygasida g'olib chiqadi. Bundan tashqari, u hatto belgiyalik futbolchining aniq gollari sonini ham bashorat qilgan.
"O'ylashimcha, Lukaku to'purarlar bahsida Ronalduni ortda qoldira oladi. Bu o'yin ko'proq ishtirok etish tufayli sodir bo'ladi. Portugaliyalik futbolchining har hafta maydonga tusha olishiga ishonmayman.
"CHelsi" to'g'ri yo'ldan ketayotganini ko'ryapman, shu bois Lukakuda ko'plab golli vaziyatlar bo'ladi. Har bir uchrashuvda u juda ko'p imkoniyatlarga ega bo'ladi", — deydi Jonson.
SHuningdek, Glen Jonson Lukaku mavsumni 24 ta gol bilan yakunlashini aytdi.
Fikrlar