So’nggi yangiliklar

00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  7 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  2 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  13 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1

G'iyosov: "Vadim Abramov aqlli futbol tarafdori" Yangiliklar

G'iyosov: "Vadim Abramov aqlli futbol tarafdori"

Teglar :  Xurshid G'iyosov
O'zbekiston terma jamoasi va "Bunyodkor" yosh iqtidorli futbolchisi Xurshid G'iyosov Vadim Abramov uslubi haqida gapirib berdi.

- O'zbekiston terma jamoasi Singapurni taslim etdi. Saudiya Arabistoni hamda Falastin o'rtasidagi bahsdagi durang tufayli birinchi o'ringa chiqib oldik. Singapurga qarshi o'yin haqida nima deya olasiz?

- Muxlislar har doim terma jamoadan g'alaba kutadi. Yigitlar shuni his qilgan xolda yaxshi harakat qilishdi va g'alabaga erishidik.

- Endi Vadim Abramov uslubi haqida gapirib bersangiz. Terma jamoa bosh murabbiyi mashg'ulotlarda ko'proq qanday ko'rsatmalar beradi?

- Vadim Karlenovich to'pga egalik qilishga jiddiy etibor qaratadi. Agar to'p yo'qotilsa to'pni o'sha joyda qaytarib olib, pressing orqali hujumni qaytadan qurish kerak. Karlenovich aqlli futbol tarafdori.

- Demak, Abramov Gvardiola uslubini maqul ko'radi, shundaymi?

- SHunday desa ham bo'ladi. "Bunyodkor"dagi mashg'ulotlarimizda "Barselona"ning Gvardiola davridagi o'yinlarini tomosha qilamiz. To'p bilan ishlash futbolchilarga rohat bag'ishlaydi.

- Vadim Karlenovich futbolchilardagi qaysi qobiliyatni qadrlaydi?

- Menimcha, unga ko'proq aqlli harakat qiladigan futbolchilar yoqadi. Biroq boshqa jihatlar ham bo'lishi kerak. CHunki Karlenovich uslubida jismoniy tayyorgarlik katta rolni o'ynaydi.

- Vadim Abramov ham "Bunyodkor" ham O'zbekiston terma jamoasini boshqaryapti. Bu jamoalarning o'rtasida farq bormi?

- Bor, lekin katta emas. "Bunyodkor"da asosan yosh futbolchilar to'p tepadi. Ularni asta-sekinlik bilan darajasini oshirib borishadi. Terma jamoada esa bunday emas. Bu erga faqat kuchli va tajribali o'yinchilar taklif qilinadi.

- So'nggi o'yinlarda zaxirada qolyapsiz. Bazi futbolchilar zaxirada ko'p qolib ketsa, bundan g'azablanadi va asosiy tarkibda o'ynamasa tera jamoaga kelmaslikka harakat qiladi. Siz buni qanday qabul qilasiz?

- SHu kungacha sabrli bo'lib kelganman va hozirgi kundagi erishgan narsalarim sabr ketidan bo'lgan. Ayni damda terma jamoa futbolchisiman va 23talikda ekanligimdan faxrlanaman. Bolaligimdan O'zbekiston terma jamoasi bilan jahon chempionatiga borishni orzu qilaman va xudo xohlasa, bu orzuim amalga oshadi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика