G'iyos Komilov: "Faoliyatimdagi eng alamli mag'lubiyat bo'ldi"
06 mar 2016 19:01
Yangiliklar
G'iyos Komilov: "Faoliyatimdagi eng alamli mag'lubiyat bo'ldi"
Oliy liganing 1-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Mashal" (3:2) uchrashuvidan so'ng "Mashal" klubi himoyachisi G'iyos Komilov o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yinni yaxshi boshladik lekin yaxshi yakunlay olmadik. Bunga kim aybdor ? Albatta, o'zimiz deb javob beraman. Kimdandir aybni qidira olmayman. O'yinni nazorat qila olmadik. Umuman olganda faoliyatimdagi eng alamli mag'lubiyatlardan biri bo'ldi. FIFA hakami Ravshan Ermatov borasida biron narsa deyishim qiyin", - deydi futbolchi.
"Birinchi o'yinda havotir bo'ldi va maydonda erkin harakat qila olmadik. Keyingi turlarda xatolar to'g'rilanadi va natija keladi. Mag'lubiyatni unutgan holda yangi o'yinga jiddiy tayyorgarlikni boshlaymiz. Oldinda bizni "Metallurg"ga qarshi maydonimizdagi o'yin kutmoqda. Muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz. Xato qilishga haqqimiz yo'q", - deydi Komilov.
"Mashal" matbuot xizmati saytimiz uchun maxsus

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar