Ginter "Tottenxem" va "Barselona"ga taklif qilindi
18 iyu 2021 13:01
Yangiliklar
Ginter "Tottenxem" va "Barselona"ga taklif qilindi
Himoyachi Mattias Ginter Gladbaxning "Borussiya" klubidan ketishga yaqin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, nemis klubi shartnomasi yakunlanayotgani sabab o'yinchini sotishi mumkin.
Ginterning agenti potencial xaridorlar bilan aloqaga chiqdi. Futbolchining xizmatlari Londonning "Tottenxem" va Kataloniyaning "Barselona" klubiga taklif qilindi.
Xavbek o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar