So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

"G'ijduvon" bosh murabbiyi Bahodir SHaymardonov: “Yoshlar berilgan imkoniyatni to'liq oqladi” Yangiliklar

"G'ijduvon" bosh murabbiyi Bahodir SHaymardonov: “Yoshlar berilgan imkoniyatni to'liq oqladi”

Birinchi liganing 17-turida “G'ijduvon” jamoasi o'z maydonida “Jomboy”ni qabul qildi hamda 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Mazkur uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahodir SHaymardonov fikrlarini bildirib o'tdi.

- “Xabaringiz bor, o'tgan turda juda alamli tarzda mag'lubiyatga uchradik. “Jomboy”ga qarshi o'yinga astoydil tayyorgarlik ko'rdik. Tarkib borasida katta tavakkalga qo'l urdik. Asosan yoshlarni maydonga tushirdik. Yoshlar berilgan imkoniyatni to'liq oqladi. Bugun imkoniyat berganimiz 2000 yilda tug'ilgan Islom Boysariev xet-trikka erishdi. Ochig'i, avvalgi turda “Zomin”dan uchralgan mag'lubiyat jamoaga qattiq tasir qildi. Biz juda yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lsak-da, omadimiz kelmagandi. SHuning uchun ham “Jomboy”ni yutishimiz zarur edi.

- “G'ijduvon”ning bugungi kunda asosiy vazifasi nimadan iborat?


- Aslida bizning jamoamiz oldiga Pro-ligaga chempion sifatida yo'l olish vazifasi qo'yilgandi. “Zomin”ga mag'lubiyatga uchrab, imkoniyatlarimizni pasaytirib yuborgan bo'lsak-da, hali hamon maqsadimiz o'zgargani yo'q. Oxirigacha kurashamiz va maqsadimiz Pro-ligaga chiqish.

- Raqobatchi jamoalar borasida qanday fikrdasiz?


- Bu yilgi Birinchi liga bahslari qizg'in va murosasiz kechmoqda. CHunki men etibor bilan qaramoqdaman, har bir jamoada iqtidorli va yaxshi futbolchilar ko'p. Asosan yoshlar to'p surayotgan bo'lsa-da, kelajagi bor bollar ko'zga tashlamoqda. Aytaylik, “Zomin”, “Neftgazmontaj” va “Navbahor-Farm” jamoalarida yaxshi futbolchilar talaygina. SHu o'rinda PFL rahbarlariga bir taklifim bor edi. Kelgusi yillardan boshlab Pro-liga va Birinchi liga formatiga yaxshiroq etibor berishsa yaxshi bo'lardi. Negaki, Pro-ligada jamoalar soni kam. Ishoning, Birinchi ligadagi moliyaviy imkoniyati yuqori jamoalarni Pro-ligaga qo'yib, ishtirokchilar soni oshirilsa yanada qiziqarli o'yinlar soni oshardi. Birinchi ligada ham o'z oldiga vazifa qo'yadigan jamoalar chiqib keladi.

- Bugungi kunda “G'ijduvon” jamoasining moliyaviy holati qanday?


- Bu borada muammomiz yo'q. Rahbariyat mukofat pullarini bermoqda. Maoshlar bo'yicha ham uzilishlar deyarli yo'q. Rahbariyat yigitlarni shu tomonlama qo'llab kelmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика