Giggz va Bekxemni tarbiyalagan MYU murabbiyi vafot etdi
14 fev 2019 14:13
Yangiliklar


Giggz va Bekxemni tarbiyalagan MYU murabbiyi vafot etdi
"Manchester Yunayted" yoshlar jamoasi sobiq murabbiyi Erik Xarrison 81 yoshida olamdan ko'z yumdi.
Xarrison 1981 yilda "Manchester Yunayted"da yoshlar murabbiyi sifatida ish boshlagan. 1992 yil mankunianlar uning qo'l ostida yoshlar chempionati g'olibiga aylanishdi.
Xarrison Devid Bekxem, Nikki Batt, Rayan Giggz va Garin Nevill kabi futbolchilarni tarbiyalagan. Bungacha u Pol Skoulz va Fil Nevillarga futbol sirlarini o'rgatgan. Xarrison 27 yil umrini "Manchester Yunayted"ga bag'ishladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar