Giggz: "Manchester Yunayted" CHempionlar ligasida g'olib bo'la oladi"
15 mar 2019 14:52
Yangiliklar


Giggz: "Manchester Yunayted" CHempionlar ligasida g'olib bo'la oladi"
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi, hozirda Uels terma jamoasini boshqarayotgan Rayan Giggz "qizil iblislar"ning CHempionlar ligasidagi imkoniyatiga baho berdi.
"Manchester Yunayted" CHempionlar ligasida g'olib bo'la oladi. Bunga qarshilik qiladigan sabablarni ko'rmayapman. Sulsher jamoasi Parijda g'alaba qozona oldi. Finalga juda kuchsiz jamoalar chiqqanini ko'rganmiz. Hozir "Yunayted"da sifat va ishonch bor.
Ammo turnirda kuchli jamoalar qolganini ham unutmaslik kerak. Bu qiyin bo'ladi, ammo iloji yo'q narsaning o'zi yo'q. "Manchester" yaxshi o'yin va natijalar ko'rsatmoqda" - deydi Giggz.
CHempionlar ligasi 1/4 final qurasi Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar