Giggz Fergyuson umuman tanqid qilmagan futbolchilarning kimligini aytdi
11 may 2020 23:15
Yangiliklar


Giggz Fergyuson umuman tanqid qilmagan futbolchilarning kimligini aytdi
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rayan Giggz bosh murabbiy Ser Aleks Fergyusonning metodlari haqida gapirdi.
"Uch yoki to'rt nafar futbolchi bo'lardi, ularni Fergyuson umuman tanqid qilmasdi. Erik Kantona, Brayan Robson, Roy Kin va Krishtianu Ronaldu. Ular o'z ishlarini maydonda to'liqligicha amalga oshirishardi va shu boisdan hech qanday etiroz qabul qilishmasdi. Ser Aleks - psixologlarning eng zo'ri, u futbolchilar effektiv bo'lishi uchun barcha ishni qilardi.
Masalan men u bilan doim bahslashib turardim. Tez-tez jarimaga tortilardim, bazida maosh olmasdim. Umuman olganda barcha qaysarliklarimni Fergyuson ko'tarardi. Keyinchalik u mening harakatlarimdan xafa bo'lmasligini aytardi. Ammo menga baribir emasdi. CHunki u eng yaxshisi edi", - dedi Giggz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar