Giggz: 17 yoki 18 yoshimda, 31 yoshli futbolchini qariya deb o'ylardim, o'zim hozir 40ga kirdim
29 noy 2013 13:53
Yangiliklar

Giggz: 17 yoki 18 yoshimda, 31 yoshli futbolchini qariya deb o'ylardim, o'zim hozir 40ga kirdim
Bugun 40 yoshga kirgan "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Rayan Giggz o'z oldiga faoliyatini yakunlash uchun malum sana qo'ymasligini aytib o'tdi.
"Bazan qiynalsam ham, baribir haligacha futboldan rohat olishda davom etyapman. Bu ish menga yoqar ekan, u bilan shug'ullanishda davom etaveraman. Men hali ham har bir o'yinda muvoffaqiyatli ishtirok etishni, sovrinlar uchun kurashishni istayman".
"Jamoaning yosh futbolchilari menga qanday munosabatda bo'lishadi, deysizmi? To'g'risini aytsam, ular men haqimda nima deyishlarini bilmayman. O'zim 17 yoki 18 yoshligimda 31 yoshni futbol uchun qarilik deb hisoblardim. Endi mana o'zim 40 yoshga kirdim va hamon jamoa bilan birgaman..." - dedi Giggz.

Fikrlar