So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Gi Venger: Aleks va Arsen o'rtasida ziddiyat yo'q Yangiliklar

Gi Venger: Aleks va Arsen o'rtasida ziddiyat yo'q

Londonning Arsenal klubi bosh murabbiyi Arsen Vengerning akasi Gi Venger The Telegraph nashriga intervyu berdi.

Suhbat chog'ida u Vengerlar oilasi bilan bog'liq qiziqarli voqealar haqida gapirib o'tdi.

Gi Venger 71 yoshni qarshi oldi. Yaqinda u oilaviy biznesni tashladi. Ular avto ehtiyot qismlarni sotish bilan shug'ullanishardi. Gi bu ish bilan Elzasda 42 yil shug'ullandi. Ukasi Arsen esa 66 yoshni qarshi oldi. SHu bilan birga u hech kim uddalamagan ishni qildi. Yani Londonning Arsenal klubini 20 yildan buyon boshqarmoqda.

- Arsen? -Gi Dyutlenaym qishlog'idagi uyiga kirib ketarkan so'rab qoldi. - U bilgan barcha narsalarni men o'rgatganman. Kim yaxshi futbol o'ynagan? Yaxshisi, uning o'zidan so'ranglar. Mening texnikam qanday bo'lganini so'rang. O'zim indamayman.

Garchi o'z ukasidan faxrlanib yaxshi ko'rsada, aka baribir, boshliq. Gi o'z hissiyotlarini ochiq namoyon qilmaydi. Qo'llari bilan La Krua d~Ordagi xiyobonni ko'rsatdi. Arsen uchun hammasi o'sha erda boshlangandi.

- Hovlida ikki kishi o'ynardik. Boshqa hech kim yo'q edi. Arsen o'shanda besh yoki olti yoshda edi. U darvozaga turardi. Hamisha birga edik. Ammo futbol o'ynaganimizda bir-birimizga qarshi bo'lardik. Biz ko'cha futbolchilari edik. Arsen hammasini o'rgangan. Uning falsafasida ko'cha futbolidan chiqqani ko'rinib turadi. SHuningdek, pab yonidagi chorrahada ham o'ynardik. O'sha paytlarda chorrahadan kuniga 10taga yaqin ot arava o'tardi. Hozir esa bir kunda 7000ta avtomobil qatnaydi.

Gi ham Arsen singari bir nechta tillarda gaplasha oladi. Ammo ikkovlari bir bo'lishsa, qadimgi elzas dialektida suhbatlashadilar.

- O'shanda bizni hech kim tushunmasdi. Hamisha sport bilan shug'ullanishni, ochiq havoda o'ynashni yoqtirardik. Men professional basketbol o'ynaganman. SHuningdek, Dyutlenaymda 45 yoshimgacha futbol ham o'ynaganman. 16 yoshimda o'rnimda turib 1,8 metrga sakray olardim. Har kuni ertalab velosiped minaman. Arsen kelganda esa o'rmon bo'ylab yuguramiz. Londondagi ishi tufayli Arsen kam keladi va ko'p turmaydi. Oxirgi marta may oyida kelgandi. O'shanda qo'shni qishloqda yangi stadion ochilgan va u arenaga Arsenning nomini berishgan. Ammo men SHimoliy Londonga tez-tez borib turaman. Arsen va Fergyuson bir-birini yomon ko'radi, deyishadi. Buning hammasi bo'lmagan gap. Ularning ikkisi bilan ham ko'rishganman. Menimcha, bunday uchrashuv MYU oxirgi marta Arsenal mehmoni bo'lganda yuz bergandi. O'yindan so'ng birgalikda suhbat qurgandik.

Elzasni ikkinchi jahon urushi paytida okkupaciya qilishgan. Vengerlarning otasi Alfons ham 100 ming nafar mahalliy erkaklar qatori nemis armiyasida xizmat qilishga majbur bo'lgan. Aks holda, ularning oilalarini SHirmek konclageriga olib ketishlarini aytishgan.

- Ularning otalari xizmatdan qayt­ganida vazni 40 kg. edi. Hech kim uning yashab ketishiga ishonmagan,- deydi Vengerlarning bolalikdagi do'sti Joel Myuller. - Bizning ota-onalarimiz qochib ketishni o'ylashmagan. Arsen o'lkamizni juda hurmat qiladi. U haqgo'y, mehmondo'st va saxiy insondir. Qaerda tug'ilganini hech qachon unutmaydi. Agar uning do'sti bo'lsangiz, demak bir umrga shunday bo'lib qoladi.

Gining aytishicha, Arsen tug'ilganda amerikalik harbiylar Franciyani hali tark etishmagandi. SHuningdek, Gi SHarl de Gollning qo'lini siqqanini ham eslaydi. Vengerlar oilasi hamisha Dyutlenaym klubiga aloqador bo'lgan. Otalari klub prezidenti sanalgan. Uch amakisi jamoa safida o'ynashgan. Klubning qarorgohi esa Krua d~Ordagi restorancha bo'lgan.

- Meni boshqa klubga taklif qilishgan. Ammo yosh bo'lganim uchun keta olmaganman. Qarorgoh oshxonada joylashgan. Otam esa qo'yib yuborishni istamasdi. Vaqt o'tishi bilan oshxonaning nomi o'zgardi. Ammo bino 100 foiz saqlanib qolgan.

Aka-ukalar futbol pabidagi vaqtlar keyinchalik qo'l kelganini eslashadi.

- Hamisha boshqalar suhbatini tinglardik. Aytgancha, u erda dush bo'lmagan. Futbolchilar hovlidagi basseynda cho'milardilar. Restoranda esa kiyinishardi. Basseynga oxiri tushgan loyqa suvda cho'milishga majbur bo'lardi. Men esa hovuzga tushmay, daryoda cho'milardim. Hattoki, qor yoqqan paytlardayam.

Myuller ham Vengerlar bilan pabda ko'p bo'lgan.

- Arsen hamisha tinglardi. U psixologiya va boshqa insonlarning hayotlariga qiziqardi, - deydi Joel. - Esimda, uning bir tanishi Kamerundan kelgan. Arsen tatil qanday o'tganini so'rash o'rniga Kamerundagilarning yashash tarzi haqida savol bergan.

Gining aytishicha, ularning ota-onalari kuniga 12-15 soatdan ishlashgan. O'sha payt Arsen ot minib, fermada ishlagan. Akasi bilan velosipedda yurgan. SHuningdek, qishloqdagi yagona televizor orqali bundesliga o'yinlarini kuzatgan. Bundan tashqari, Arsen maktabda ham yaxshi o'qigan. 16 yoshida o'z sinfida falsafa va matematikadan eng yaxshi bo'lgan.

- Uning Arsenalda muvaffaqiyat qozonganidan xursandman. Garchi ko'p yillardan buyon ishlayotgan bo'lsada, hali to'xtamoqchi emas.

Gi Arsenalning har bir o'yinini tomosha qiladi. SHuningdek, Dyutlenaym klubi ofisida ham kanonirlarning barcha uchrashuvlarini ko'rsatishadi.

- Futbol tomosha qilganimda hamisha asabiylashaman. Arsenalning hozirgi tarkibidagi eng yoqtirgan futbolchim Mesut Ozil. U super o'yinchi.

H.MASAIDOV tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика