So’nggi yangiliklar

19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  2 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  6 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  1 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  6 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  26 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4

Gevorkyanning supergoli "Traktorsozi"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Gevorkyanning supergoli "Traktorsozi"ni mag'lub etdi

"Traktorsozi" va "Nasaf" o'rtasidagi Osiyo CHempionlar ligasi 5-tur uchrashuvi matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borishingiz mumkin.

"Traktorsozi" - "Nasaf" 1:2

Gollar: Mehdi Kiani 52, - 1:0. Artur Gevorkyan 60, - 1:1. Artur Gevorkyan 72, - 1:2.

"Traktorsozi": 1.Hamid Lak, 3.Habib Gordani, 4.Holid SHafiy, 6.Mehdi Kiani, 7.Saman Narimonjahon, 8.SHahin Sohibi, 12. Muhammad Purrahmat (10. Eder Lusiano, 78), 18. Amirkamdar Ahmad (14. Andranik Teymurian, 61), 19.Mehrdod Bayrami, 23. Hani Hoshimi, 77. Said Agai (9. Farid Behzodi Karimi, 68).

Zaxira: 2. Muhammad Eronpuran, 15. Mahdi Goreishi, 21. Muhsin Delir, 44. Issa N'Doye.

"Nasaf": 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 9.Ilhom SHomurodov, 15.Roy Rok, 17.Artur Gevorkyan, 20.Erkin Boydullaev, 22.SHohruh Gadoev (27.Ilhom Yunusov, 70), 23.SHerzod Azamov (18.Bahrom Abdurahimov, 22), 32.Hamza Karimov, 33.Odiljon Hamrobekov, 34.Farruh Sayfiev.

Zaxira: 5.Botir Qoraev, 7.Akramjon Bahriddinov, 14. SHarof Muhitdinov, 30.O'tkir Yusupov, 38.Doniyorjon Narzullaev.

Ogohlantirishlar: Farruh Sayfiev 36, Kiani 45, Hani Hoshimi 70.


                                 MATNLI TRANSLYACIYA

                                              Yangilash

90+4. TUGADI! O'yin tugadi! "Nasaf" Eronda "Traktorsozi" ustidan irodali, superirodali g'alabaga erishdi. Barchani g'alaba bilan tabriklaymiz!

90+4. O'yin ham tugay qolmayapti....

90+3. ZARBAAAAAAAAAAAAA! EDINOOOOOOOOOO! Boshi bilan zarba berdi, to'pni Eldor Suyunov darvoza chizig'i ustidan qaytardi! Qoyil Eldor malades Eldor! Otangga rahmat!

90+2. Edinoning o'zi jarima to'pini amalga oshirdi, to'p jonli devorga tegib qaytdi. "Nasaf"ning qarshi hujumi...ZARBAAAAAAAAAAAA! Qanday qilib? Sayfiev birga bir vaziyatga chiqib borib sekingina zarba berib qo'ydi...Darvozabon to'pni qaytardi!

90+1. Edino jarima to'pini ishlab oldi. Boydullaev uni yiqitdi

90. Uchrashuvga 4 daqiqada qo'shib berildi

90. ZARBA! Teymurian jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, ancha noaniq

88. ZARBA!!!! Saman Narimonjahonning kuchli va aniq zarbasidan so'ng Suyunov to'pni qaytardi!

87. To'p oldinga Gevorkyan sari uzatildi, Artur raqib jarima maydoni ichida to'pga intildi, darvozabon o'z o'rnida

87. Farid Karimi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

86. Yo'q hammasi joyida, Eldor bunday o'yinda jamoasini tashlab keta olmaydi!

86. Eldorbek Suyunov o'yinni davom ettira olmaydi?! Kutayapmiz

85. Stadionga kelgan muxlislar taqdirga tan berib uylariga ketishmoqda...

84. "Traktorsozi"ning yana bir hujumi! Edino sari uzatilgan to'pga birinchi Suyunov ega chiqdi va braziliyalik futbolchi bilan to'qnashib ketdi. SHifokorlar Eldorga yordam ko'rsatishmoqda

83. Edino! Jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, to'p himoyachiga tegib yo'nalishini o'zgartirdi va darvozaga bordi, Eldor Suyunov to'pni ikkinchi urinishda egallab oldi.

82. ZARBAAAAAA! "Nasaf" futbolchilari tezkor tarzda jarima to'pini amalga oshirishdi. Biroz noaniq!

81. "Traktorsozi"dan xavfli javob! Hani Hoshimi jarima maydoni ichidan boshi bilan darvozaga zarba berdi, noaniq!

80. "Nasaf"ning xavfli hujumi! Dastlab Sayfiev, keyin Gevorkyan darvozaga zarba bera olmadi

79. Eronliklar jarima to'pini amalga oshirishdi, SHomurodov to'pni o'tkazib yubordi, yaxshiki hujumchilar imkoniyatdan foydalana olishmadi

78. O'zgarish. "Traktorsozi". Muhammad Purrahmat o'rniga Edino tushdi

77. Sayfievvvv! Gevorkyanning pasidan so'ng Farrux birga bir vaziyatga chiqib bordi, ammo to'pga darvozabon birinchi keldi!

76. Ilhom SHomurodov! Raqib himoyachisini aldab o'ta olmadi!

75. Eronliklar endi "Nasaf" jarima maydoni yonida xuddi traktor kabi bostirib kelishlari aniq

73. Gevorkyan "Nasaf"ning haqiqiy lideri ekanini bugun isbotlamoqda. Asosiysi shu hisobni ushlab qolish kerak! 

72. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SUPER GOOOOOOOOOOOL! 1:2. ARTUR GEVORKYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAN! Burchak to'pidan to'g'ri darvozaga gol urdi. Ko'zlarimga ishonmayapman! G'aroyib gol!


71. Gevorkyan burchak to'pini amalga oshirmoqda...

70. O'zgarish. "Nasaf". SHohruh Gadoev o'rniga Ilhom Yunusov tshdi.

69. Ogohlantirish. "Traktorsozi". Hani Hoshimi

68. O'zgarish. "Traktorsozi". Said Agai o'rniga Farid Behzodi Karimi tushdi

67. Gadoev to'pni sheriklariga uzatishning o'rniga raqibni aldashga urindi, to'p yo'qotildi

64. Mezbonlarning hujumi...Bayrami to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun hujum to'xtatildi

63. Abdurahimov ancha faol uni Teymurian qo'pollik bilan to'xtatib qolishga majbur bo'ldi

61. O'zgarish. "Traktorsozi". Ahmad Amirkamdar o'rniga Andranik Teymurian tushdi

60. Hamrobekovning darvozaga yo'llagan kuchli zarbasini posbon qaytardi, qaytgan to'pni Gevorkyan boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:1


60. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:1. ARTUR GEVORKYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAN!

59. Eronliklar tartibli himoyalanishmoqda va qarshi hujumga o'tib turishibdi. 

56. Hozirgi paytga kelib burchak to'plari borasida mezbonlar yaqqol ustun: 10:1.

55. SHohruh Gadoevda imkoniyat bo'ldi, u zarba bera olmadi

55. Gol o'tkazib yuborgach stadiondagi muxlislar ancha jonlanib qolishdi. "Nasaf" endi bor kuchi bilan hujumga o'tishga majbur

53. GOL! 1:0. Mehdi Kiani! Belgilangan jarima to'pini Kiani darvozaga yo'lladi - 1:0.

52. Erkin Boydullaev raqibni jarima maydoni yonida yiqitdi. Xavfli jarima to'pi!

51. "Traktorsozi" u qadar tezkor o'ynayotgani yo'q. Ularga qarshi o'ynasa bo'ladi.

49. "Nasaf" taymni hujumlar bilan boshladi. SHomurodov ancha faol, zarba va gol kerak!

47. Birinchi bo'limda mezbonlar bir necha marta xavfli hujumlar tashkil etishdi, lekin hisob ochilmagan. Demak hozircha hammasi joyida.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Olg'a "Nasaf"!

Demak davom etamiz. Birinchi bo'limda xizmatingizda Jasur Aslanov bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa Narzulla matnli translyacyani davom ettiradi.


Tanaffusda zerikib qolmaslik uchun Osiyo CHempionlar ligasi turnir jadvali bilan tanishib olishingiz mumkin.


45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.


45+1. Sariq kartochka. Kiani.


45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.


43. "Traktorsozi" birinchi bo'limda o'zining o'ninchi burchak to'pini o'yinga kiritdi. Bu juda ko'p emasmi?


41. QANDAY IMKONIYATT!!!!! Gadoev chap qanotdan to'pni raqib jarima maydonchasiga etkazib berdi, ammo bu to'pga zarba berishni istagan "Nasaf" futbolchisi to'pni o'ziga to'g'irlay olmadi va imkoniyat qo'ldan boy berildi.


36. Sariq kartochka. Farruh Sayfiev.


35. ZARBAAA! SAYFIEEVV!!! Ilhom SHomurodov bir himoyachi qarshisida uni aldab o'tirmay darvozaga zarba berdi, qaytgan to'pni orqaroqda kelayotgan Farruh Sayfievga etkazib berdi. Sayfiev jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi, ammo darvozabon o'z joyida.


32. "Nasaf"ning navbatdagi qarshi hujumi juda xavfli chiqishi mumkin edi. Ammo o'yindan tashqari holat tufayli bu hujum yo'qqa chiqdi.


30. Eldor Suyunov o'z himoyachisining xatosi tufayli jarohatlandi. Jiddiy emas deb umid qilamiz


28. Qarshi hujumga o'tgan qarshiliklar, raqib qarshiligiga uchrashdi va Ilhom SHomurodov to'pni jamoadoshiga etkao'ib bera olmadi.


27. "Traktorsozi" o'zining sakkizinchi burchak to'pini o'yinga kiritmoqda. Endi esa to'qqizinchi.


25. To'p uch marta to'sin va ustunga tegdi va xatto gol ham bo'ldi (qoidabuzarlik tufayli hisoblanmadi). "Nasaf" yana qancha turib bera oladi? Qarshiliklar hujumga o'tadimi?


24. GOL!!! Yo'q hakam golni hisoblamadi. Mehrdod Bayrami Suyunovdan to'p o'tib ketishi uchun darvozabonga jarohat etkazishi mumkin edi.

22. O'zgarish. "Nasaf". SHerzod Azamov o'rniga Bahrom Abdurahimov tushdi

21. USTUNNNNN!!!! Nimalar bo'lyapti, "Nasaf" uyg'onmasa omad ulardan yuz o'giradi.


20. Hamza Karimov o'z jarima maydonchasi yaqinida Mehrdod Bayramiga qarshi qo'pollik ishlatdi. Xavfli standart.


16. TO'SIINNNNNN!!!! Eldor Suyunov yana bir bor darvozasidan minnatdor bo'lishi kerak. Saman Narimonjahonning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi himoyachining oyog'iga tegib havoga ko'tarildi va to'singa tegib maydonni tark etdi.


15. Hozircha to'p bilan ko'proq mezbonlar harakat qilmoqda


9. USTUNNNN!!!! "Traktorsozi" futbolchisining burchakdan etkazib bergan to'piga qarshiliklardan hech kim ulgurmadi va eronliklar azosi to'pga zarba berdi. Baxtimizga darvoza ustuni "Nasaf"ni goldan saqlab qoldi. Bejizga "darvozabonning eng yaqin do'sti - ustun va to'sin" deyilmaydi.


6. Tabriz shahrida shamol turgan va bu darvozabonlarga halaqit qilishi mumkin.


4. Eronliklar hozircha ko'proq qanotlardan hujumga o'tyapti.


3. Tabrizliklar uchrashuvdagi birinchi burchak to'piga ega chiqdi.


2. Bugun qarshiliklar uzun to'p oshirishlarni ko'proq amalga oshiradigan ko'rinadi, chunki futbolchilar bir-biriga nisbatan biroz uzoqroq joylashmoqda.


Ilk daqiqalardan "Nasaf" hujum uyushtirishga urinib ko'rdi, ammo Ilhom SHomurodovning o'z jamoadoshi tomon etkazib bergan to'pi maydonni tark etdi.

1. Uchrashuv boshlandi.


- Bugun "Nasaf" oq, "Traktorsozi" esa qizil formalarda harakat qiladi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bir necha daqiqadan so'ng "Traktorsozi" va "Nasaf" o'rtasidagi Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichi 5-tur uchrashuvi boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика