"Gerta" murabbiyi Kunyaning "Atletiko"ga o'tishi haqida gapirdi
25 avg 2021 10:13
Yangiliklar
"Gerta" murabbiyi Kunyaning "Atletiko"ga o'tishi haqida gapirdi
"Gerta" bosh murabbiyi Pal Dardai ushbu transfer oynasida braziliyalik yarim himoyachi Mateus Kunyaning Madridning "Atletiko" klubiga o'tishi haqida gapirdi.
"Kunya - "Atletiko"ga o'tish yo'lida. Hozir ketayotgan joyiga borish uning xohishi edi. Uni jamoamizda olib qolish imkonsiz bo'ldi", - deydi mutaxassis.
Oldinroq malum bo'lganidek, Mateus Kunya Ispaniya chempioni o'yinchisiga aylanadi. "Matraschilar" futbolchi uchun 26 mln evrodan voz kechishadi. Nemislar braziliyalikning keyingi sotuvidan 10% olishadi.
Mateus Kunya "Gerta"da 2020 yildan beri o'ynamoqda. U barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urishga erishdi.
Fikrlar