Germaniyada yilning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
25 iyu 2021 16:13
Yangiliklar
Germaniyada yilning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Germaniyada 2021 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
G'olibni Germaniya sport jurnalistlari associaciyasi "Kicker" nashri tomonidan o'tkazgan so'rovnoma orqali aniqlashdi. Tuxel bunda 129 ovoz to'plagan. Ikkinchi o'rinda esa "Bavariya" bosh murabbiyi Xansi Flik qayd etilgan - 118 ovoz. Kuchli uchlikni Edin Terzich yakunlab bergan - 75 ovoz.
Eslatib o'tamiz, Tuxel o'tgan mavsumda "CHelsi" bilan birgalikda ECHLni yutgan bo'lsa, Flik "Bavariya" bilan klublar o'rtasidagi JCH hamda Bundesliga sovriniga ega chiqdi.
Fikrlar