Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
20 jan 2023 22:23
Yangiliklar


Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Jamol Musiala Germaniyada 2022 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Bavariya" vingeri 66,3% ovoz to'pladi. Ikkinchi o'rinda Kay Xaverc (8 foiz), uchinchi o'rinda Joshua Kimmix (6,1 foiz) qayd etilgan.
Musiala 2022 yil Germaniya terma jamoasi safida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Jamol JCH-2022'da uchta o'yinda maydonga tushdi, ammo Germaniya terma jamoasi guruhdan chiqa olmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar