Germaniyada koronavirusni yuqtirgan ilk professional futbolchi aniqlandi
11 mar 2020 19:25
Yangiliklar


Germaniyada koronavirusni yuqtirgan ilk professional futbolchi aniqlandi
Bundesliga 2 ishtirokchisi bo'lgan “Gannover 96” markaziy himoyachisi Timo Xyubers koronavirusni yuqtirib oldi.
U topshirgan test natijalari ijobiy natijani ko'rsatgan.
“Taxminlarga ko'ra, Xyubers shanba oqshomida Xildesxaymdagi tadbirda uni yuqtirib olgan. 23 yoshli futbolchida yuqumli kasallik aniqlanganidan buyon u jamoadoshlari bilan aloqa qilmagan, shu sabab ular bu virusni yuqtirib olgan deb taxmin qilib bo'lmaydi. SHunga qaramay, biz bunga masuliyat bilan yondashib, ehtiyotkorlikni saqlagan holda klub tarkibi, murabbiylar shtabi va ishchilarni testdan o'tkazamiz”, deb yozgan “Gannover 96” o'z bayonotida.
Hozirda, Timo Xyubers uy karantiniga joylashtirilgan. Germaniyada koronavirus bilan bog'liq 1300 holat aniqlangani aytilmoqda.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar